(ostki va ustki) palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo‘lishi
mumkin.
Shtamplar maxsus poiatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li
yoki ko‘p ariqchali (ko‘p pazli) shaklda boiadi. Biror shakldagi
buyum (detal) tayyorlash uchun suyuq metall quyilib shtampdagi
bo‘shliq (ariqcha) lar toidiriladi va tegishli shakl hosil qilinadi.
Shtamplash ham konstruksion materiallami bosim bilan ishlash
usullaridan
biri boiib, hosil qilinadigan buyumning shakli, asosan,
shtamplash orqali hosil qilinadi.
Bu juda tejamli usul. Materiallami shtamplashda bug‘-havo
bolg‘alari, taxtali friksion bolg‘alar, krivoshipli qizdirish shtamplari
(KQSh), gorizontal bolg‘alash mashinalari (GBM), friksion presslar
va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi.
Friksion bolg‘alar tushuvchi qismining ogirligi 0,5-2 t gacha
b oiadi.
GBM
bilan mayda pokovkalar, masalan, bolt, gayka, shayba,
shpilka, parchinmix va shu kabilar olinadi.
Qizdirib hajmiy shtamplash, asosan, sanoatda ko‘plab yoki yirik
turkumlab yuqori aniqlikdagi har xil shaklli va oicham li buyumlar
olish uchun qoilaniladi.
Bunday shtamplash texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan
iborat: metallami
kesib tanavor hosil qilish, tanavorni qizdirish,
shtamplab termik ishlash, pokovkani kerakli rangga bo‘yash. Bu usul
bilan qiyin deformatsiyalanadigan qotishmalarga ham ishlov berish
mumkin.
Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to‘g ‘ri
aniqlay
bilish katta ahamiyatga ega, chunki material miqdori
keragidan kam bo isa, shtamp bo‘shlig‘i to im ay qolib, buyum kemtik
(nuqsonli) b o iib chiqadi, material miqdori
keragidan ortiq boiganda
esa ortiqcha metalldan kattagina pitr hosil boiadi yoki pokovkaning
shakli buziladi.
Sovuqlayin hajmiy shtamplash usulidan uncha katta boim agan
oicham dagi pokovkalami tayyorlashda foydalaniladi. Bunda ish
unumi kamaymagani holda shtamplashda turli metall chiqindilari
kamayadi, sirt (yuza)
lar sifati yaxshilanadi, buyumning yuqori
aniqlikda chiqishi ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: