Prokatlashning yana bir necha turlari mavjud. Masalan, po‘lat filtr
qizdirib va sovuqlayin prokatlash, prokatlashning maxsus usullari,
rangli metall
va qotishmalarni prokatlash, ultratovush yordamida
prokatlash hamda quymasiz prokatlash jarayonlari sanoatda keng
qo‘llaniladi.
9.4. Metallami presslash
M a’lumki, iqtisodiyotning turli sohalarida presslab tayyorlangan
buyumlar juda keng ishlatiladi.
Tayyorlanmani (metall yoki qotishmalarni)
m aium haroratgacha
qizdirib, uni matritsa teshigidan siqib chiqarish jarayoniga
presslash
deyiladi. Presslash jarayonida teshik orqali siqib chiqarilgan
metallarning (buyum yoki detaining) ko‘ndalang kesimi shu teshik
shakliga - doira, kvadrat, to‘rtburchak, oltiburchak yoki
boshqa biror
shaklga kiradi.
Odatda, presslash orqali diametri 5 dan 300 mm gacha boigan
chiviqlar, ichki diametri 18 dan 700 mm va devorining qalinligi 1,25
dan 50 mm gacha bo‘lgan quvurlar hamda bosim bilan ishlashning
boshqa jarayonlari bilan tayyorlash mumkin boim agan murakkab
shakllar buyumlami ham hosil qilish mumkin.
Bu usul bilan ishlab
chiqarilgan buyumlar o‘lchamlarining yuqori aniqligi bilan farq qiladi.
Presslash orqali aluminiy, titan, magniy, rux va ulaming
qotishmalaridan, uglerodli va legirlangan poiatlardan zarur buyumlar
hosil qilinadi.
Bundan tashqari, qiyin eruvchi metallami vakuumda
yoki inert gazlar muhitida presslash yo‘li bilan kerakli buyum (detal)
lar olinmoqda. Presslash uchun zarur tayyorlanma sifatida asosan quy
malar ishlatiladi. Bunday tayyorlanmalarning oicham lari (diametri,
uzunligi va boshqalar) ishlatiladigan pressning quw atiga va olinishi
kerak bo‘lgan buyumning shakliga bog‘liq boiadi. Presslashdan oldin
tayyorlanmalar bosim bilan ishlash haroratigacha qizdiriladi.
Sanoat miqyosida presslashning ikki xil usuli mavjud.
Bulardan
biri
Dostları ilə paylaş: