Metall va qotishmalarni payvandlash vaqtida puxta hamda zich
birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi.
Payvand
chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda
donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan xoli bo‘lsa, payvandla
nuvchanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib
tushirilgan qirindi miqdori
bilan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyi
ladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun
turlicha sinovlar o ‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas, ular
standartlashtirilgan. Standartlashtirilgan
sinovlar jumlasiga bukiluv-
chanlikka sinash, sovuq holatda cho‘kuvchanlikka hamda botiluv-
chanlikka sinash va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: