Nurmurodov


  TEMIR VA UNING QOTISHMALARI



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

2. 
TEMIR VA UNING QOTISHMALARI.
QOTISHMALARNING HOLAT DIAGRAMMASI
2.1. Qotishmalar. Qotishmalaming holat diagrammasi
Ikki va undan ortiq elementni suyuqlantirish yoki boshqa usulda 
olingan jism aralashmasi 
qotishma
deyiladi.
Qotishmani tashkil etgan elementlar uning 
komponentlari
deyiladi. Qotishmaning chegara sirtlari bilan o ‘ralgan bir jinsli qismi 
faza
deb ataladi. Komponentlar soniga ko‘ra ikki yoki ko‘p 
komponentli, fazalar soniga ko‘ra esa bir yoki ko‘p fazali qotishmalar 
mavjud. Muvozanat holatda turgan fazalar majmuyi 
sistema
deyiladi.
Sistemani tashkil etuvchi fazalar soniga xalal yetkazmay 
o'zgartirilishi mumkin bo igan tashqi va ichki omillar (harorat, bosim 
va tarkib) soni sistemaning 
erkinlik darajasi
yoki 
variantligi
deyiladi.
Muvozanat holatda turgan sistemaning fazalari, komponentlari 
soni bilan erkinlik darajasi orasidagi bog‘anish 
fazalar
yoki 
Gibbs
qoidasi
deb ataladi va ushbu ko‘rinishda ifodalanadi:
C = K -F + 2
bu yerda, С - sistemaning erkinlik darajasi;
К -
sistemani tashkil etuvchi komponentlar soni;
F -
fazalar soni.
0 ‘zgarmas bosimda yuz beruvchi jarayonlar uchun sistemaning 
erkinlik darajasi quyidagicha:
С =K -F + l
Metall suyuq holatda boiganda:
C = K - F + 2 = 1 - 1 + 1 = 1
Suyuq metall kristallanishi paytida:
29


C = K -F + 2 = l-2 + l = 0
Erkinlik darajasi nolga teng sistemalar 
variantsiz,
birga teng 
sistemalar 
monovariantli
va ikkiga teng sistemalar 
bivariantli
deyiladi.
Tashqi va ichki omillar o ‘zgartirilganda variantsiz sistema 
fazalarining soni o ‘zgaradi, monovariantli sistemaning fazalari esa 
o ‘zgarmaydi.
Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar o ‘zaro ta’sirlashganda 
mexanik aralashma va qattiq eritma yoki kimyoviy birikma hosil 
qilishi mumkin.
Aytaylik, 
qotishma
ikki 
(A
va 
B)
komponentdan iborat bo‘lsin. 
Bunda ikki holatni kuzatish mumkin.
Birinchi holatda komponentlar suyuq holda bir-birida cheksiz 
erisa ham har biri alohida-alohida kristallanadi (2.1-rasm). Odatda, 
bunday murakkab tuzilishga ega sistema 
mexanik aralashma
deyiladi.
2.1-rasm. Elementlar ning alohida-alohida kristallanishi.
Ikkinchi holatda 
A va. В
elementlar o ‘zaro ta’sirlashib bir xil 
tarkibli qattiq eritma yoki kimyoviy birikma hosil qilishi mumkin.
A
komponentning elementar kristall panjarasida 
В
komponentning 
atomlari joylashishi 
qattiq eritma
deyiladi (2.2-rasm).
Kristall panjara hosil qilgan 
В
komponent erituvchi vazifasini 
o ‘taydi. Kristall panjarada 
В
komponentning ayrim atomlari 
qatnashayotganligi uchun u 
eruvchi modda
deb ataladi. Kristall 
panjarada eruvchi 
В
komponentning o ‘mini 
A
erituvchi komponent 
atomlari ham egallashi mumkin (2.2-rasm).
30


о -

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin