Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

ACD
chizig i 
likvidus
deyiladi. Likvidus 
chizigidan yuqorida qotishma har doim suyuq holatda boiadi. 
AECF
ch iz ig i 
solidus
deb ataladi. Bu chiziqdan pastda qotishma qattiq 
holatda boiadi.
34


2.3-rasm. Temir-sementit holat diagrammasi.
Diagrammaning 
ECF
chizig‘ida evtektik reaksiya boradi. Bu 
reaksiya natijasida tarkibi С nuqtadagi kabi suyuq qotishmadan 
austenit bilan sementitning evtektik aralashmasi hosil boiadi. Bu 
aralashma 
ledeburit
deb ataladi.
Diagrammaning 
RSK
chizigida evtektoid reaksiya boradi. Bu 
reaksiya natijasida tarkibi 
S
nuqtadagi kabi austenitdan ferrit bilan 
sementitning evtektoid aralashmasi 
- perlit
hosil boiadi.
Uglerodning temirda eruvchanligi uning kristall panjara shakliga 
bogiiq. Uglerod atomining diametri 1,54 A (Angstrem) ga teng. 
Hajmi markazlashgan kub panjaraning har bir qirrasining o‘rtasida 
bittadan, hammasi b o iib 12 ta bo‘sh joy bor. Bunday bo‘sh joyning -
kristall panjara g‘ovagining diametri 0,62 A ga teng. Bunday joyga 
uglerod atomi sig‘maydi. Gamma temirning yoqlari markazlashgan 
kub panjarasi o‘rtasida diametri 1,02 A ga teng g ‘ovak bor. Ana shu 
g‘ovakka uglerod atomi sigishi mumkin. Bunda uglerod atomi kristall 
panjaraning o ‘lchamlarini o‘zgartiradi, o‘zi esa eriyotgan valent 
elektronlarini berish hisobiga kichrayadi.
Uglerodning alfa-temirdagi singish qattiq eritmasi 
ferrit
deyiladi. 
Uglerodning alfa-temirdagi eng ko‘p erish miqdori 727°C da boiib ,
35


0,02% ga tengdir. Harorat ko‘tarilib 911°C ga yetganda temirda 
eriydigan uglerod miqdori nolga teng bo iad i. Harorat pasayganda 
ham uglerodning alfa-temirdagi eriydigan miqdori kamayib boradi va 
xona haroratida taxminan 0,008% ga teng boiadi. Ferrit yumshoq
plastik fazadir. Uning kristall panjarasi yoqlari markazlashgan kubdir. 
Ferritning qattiqligi 80 HB, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 
250 MPa, nisbiy uzayishi 50%, nisbiy torayishi 80% ga teng. 
Mikroskop orqali qaralganda ferrit bir jinsli poleedrik donalar tarzida 
ko‘rinadi.
Uglerodning gamma temirda singiydigan qattiq eritmasi 
austenit
deyiladi. Uning kristall panjarasi yoqlari markazlashgan kubdan 
iborat. Kristall panjaraning parametrlari tarkibidagi uglerod miqdoriga 
ko‘ra o‘zgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boiadi. Gamma-temirda 
eriydigan uglerodning eng ko‘p miqdori 1147°C ga to ‘g‘ri kelib, 
2,14% ni tashkil etadi. Harorat pasayishi bilan uglerodning 
eruvchanligi kamayib, 727 °C da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit 
yumshoq va plastik fazadir, uning Brinell bo‘yichi qattiqligi 220 HB 
va nisbiy uzayishi 40-80% ni tashkil qiladi.
36


3. UGLERODLI P O ‘LATLAR. C H O ‘YANLAR
Tarkibida uglerod miqdori ko‘p bo‘lmagan po iatlar sanoatda 
katta miqdorda ishlab chiqariladi. P o ia t tarkibida uglerod miqdori 
1,7 foizdan oshganda uning qattiqligi yuqori darajada oshib, oqibatda 
u mo‘rt b o iib qoladi.
Sanoatda ishlatiladigan p o iatlar kimyoviy tarkibi jihatidan 
murakkab b oigan qotishmalardir. Ulaming tarkibida temir bilan 
ugleroddan tashqari, marganes, kremniy, oltingugurt, fosfor, kislorod, 
azot, vodorod, xrom, nikel, mis va boshqa elementlar ham mavjud 
boiadi.
Uglerodli poiatlar ishlatilishiga ko‘ra ikki guruhga: konstmksion 
va asbobsozlik poiatlariga boiinadi. Konstruksion po iatlar tarkibida 
0,02 dan 0,8 
%
gacha uglerod boiadi. Bunday po iatlar mashina va 
agregat detallari, qurilish konstraksiyalari, temir y o i transporti 
vositalari, rels, quvur, sim va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun 
asosiy material hisoblanadi. Uglerodli poiatlarga qo‘yiladigan 
umumiy talablar shuki, ular mustahkam plastik hamda texnologik 
xossalari yaxshi boiishi lozim. Har bir p o ia t markasiga m aium
talablar qo‘yiladi. Bu talablar buyum ishlab chiqarish texnologiyasiga 
va uning ishlash sharoitiga b o g iiq boiadi. Shunga ko‘ra uglerodli 
p o iatlar uchta asosiy guruhga boiinadi: oddiy sifatli uglerodli 
poiatlar, sifatli uglerodli poiatlar, maxsus vazifali uglerodli poiatlar 
(avtomat, qozon poiatlari va boshqalar).
Oddiy sifatli uglerodli po iatlar (GOST 380-71). Bunday p o iatlar 
keng tarqalgan b o iib , normallashtirilgan holatda prokat ko‘rinishida 
yetkazib beriladi hamda mashinasozlik, qurilish va iqtisodiyotning 
boshqa sohalarida ishlatiladi.
Oddiy sifatli uglerodli p o iatlar C
t
harflari va 0 dan 6 gacha 
b o ig an raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar p o ia t markasining 
shartli nomerini bildiradi. Raqam qancha katta b o isa, uglerod miqdori 
shuncha ko‘p, poiatning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa past 
boiadi.
37


Oddiy sifatli po ‘latlar
uch guruhga b o iin a d i:
•A guruh poiatlarining mexanik xossalari kafolatlanadi. Bu 
guruh po‘latlari kimyoviy tarkibining ahamiyati bo‘lmagan, faqat 
mexanik xossalari ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni qizdirib ishlov 
berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu guruh po‘latlari 

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin