Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

texnik temir
deb ataladi. Toza temir yumshoq boiib, magnit 
xossasiga ega. Toza temirning mexanik xossalari 2.1-jadvalda 
keltirilgan.
Temir yaxshi magnitlanish xossasiga ega. Uning bu xossasi 
ferromagnitlik deyiladi. Temir qizdirilganda m aium haroratga 
yetgach (768°C), ferromagnitlik xossasi yo‘qoladi. Bu haroratga 
to‘g‘ri keladigan nuqta 
Kyuri nuqtasi
deyiladi. Kyuri nuqtasiga 
yaqinlashgan sari temirning ferromagnitlik xossasi pasayib boradi va 
boshqa xossalari birdaniga o ‘zgarmaydi. Metallning mexanik va ba’zi 
fizik xossalari o'zgarmaydi, lekin elektr, magnit va issiqlik xossalari 
o‘zgaradi. Temirning ferromagnitlik xossasi o‘zgarganda u qayta 
kristallanmaydi, kristall panjaraning parametrlari o‘zgaradi.
Toza tem irning m exanik xossalari
2.1-jadval
Tozatemirni 
olish usuli
o b,
MPa
®02,
MPa
5,
%
V
%
E,
MPa
HB,
MPa
Vakuum usuli
291,5
176,5
50
93
-
-
Elektrolit usuli
180-250
100-140
40-50
70-80
21xl04
4500-6000
Karbonil usuli
200-280
90-170
30-40
70-80
20,7x104
5500-8000
Texnik usul
180-320
90-250
30-40
70-80
20-21xl04
800-2000
Tarkibida uglerod miqdori 0,025 dan 2,14 
%
gacha boigan 
temirning uglerod va boshqa elementlar bilan qotishmasi 
p o 'la t
deyiladi.
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra po iatlar evtektoiddan 
oldingi, evtektoiddan keyingi va evtektoid poiatlarga boiinadi.
33


Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % gacha b oigan p o ia t 
evtektoiddan
oldingi p o ‘lat
deyiladi. Struktura tashkil etuvchilari ferrit va perlitdan 
iborat boiadi.
Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % dan ortiq, 2,14 % gacha boigan 
p o ia t 
evtektoiddan keyingi po ‘lat
deyiladi, uning struktura tashkil 
etuvchilari perlit va sementitdan iborat b oiad i. Tarkibida uglerod 
miqdori 0,8 % b o ig an p o ia t 
evtektoid p o ‘lat
deyilib, uning 
strukturasi perlitdan tashkil topadi.
Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 6,67% gacha b oigan 
temiming uglerod va boshqa elementlar bilan qotishmasi 
cho'yan
deyiladi.
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra cho‘yanlar evtektikadan 
oldingi, evtektik va evtektikadan keyingi cho‘yanlarga boiinadi. 
Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 4,3% gacha bo igan cho‘yanlar 
evtektikadan oldingi c h o ‘yanlar
deyiladi. Tarkibida uglerod miqdori 
4,3% b o ig an cho‘yan 
evtektik cho'yan
deyiladi. Tarkibida uglerod 
miqdori 4,3% dan ortiq, 6,67% gacha bo igan cho‘yan 
evtektikadan
keyingi cho ‘yan
deb ataladi.
Bu qotishmalar tarkibidagi kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor 
kabi elementlar doimiy qo‘shimchalar hisoblanadi.
Temir-uglerod qotishmalarining holat diagrammalarini o ‘rganish 
katta ahamiyatga ega. Bu diagrammalami o‘rganishda sof temirdan 
uglerodgacha boigan qotishmalaming holati o‘rganiladi. Temir 
uglerod qotishmalarining ikki xil tizimi mavjud. Temir-sementit tizimi 
tashqi muhit ta’sirida parchalangani uchun metastabil va temir-grafit 
barqaror tizimlari bor. Ishlab chiqarishda temir-uglerod qotishmala­
rining 5% gacha uglerod b oigani ko‘p ishlatiladi. Shu sababli 
temiming uglerod bilan kimyoviy birikma-sementit hosil qiladigan 
holat diagrammasi o‘rganiladi. U temir-sementit holat diagrammasi 
deb ataladi (2.3-rasm).
Qotishma tarkibidagi uglerod miqdorini 15 ga ko‘paytirilsa, p o ia t 
va cho‘yan tarkibidagi sementitning o‘rtacha og irlik miqdori kelib 
chiqadi, chunki miqdori 1% uglerodga 15% sementit to ‘g‘ri keladi.
Diagrammadagi 

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin