Juda puxta cho‘yanlarning mexanik xossalari
3.5-jadval
Juda puxta
cho‘yan
markasi
°b
tid
kg/mm
kg/mm2
5,%
ВЧ45-0
45
36
187-255
-
ВЧ 50-1.5
50
38
187-255
1,5
ВЧ 60-2
60
42
197-269
2,0
ВЧ 45-5
45
33
5,0
2,5
ВЧ 40-10
40
30
156-197
10.0
Juda puxta cho‘yanlar mexanik xossalari bo‘yicha po‘latlarga
yaqin turadi. Ulardan tirsakli -vallar, iskanalar, metallurgiya sanoati
uchun jo ‘valash uskunalarining vallarini tayyorlashda foydalaniladi.
Maxsus legirlangan cho‘yanlar
Legirlovchi elementlar cho‘yan stmkturasiga, undagi grafit
shakliga va o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Cho'yan tarkibiga
legirlovchi elementlar qo‘shish orqali ishqalanishga chidamli,
korroziyabardosh va olovbardosh qotishmalar olish mumkin.
Abraziv muhitda ishlaydigan ishqalanishga chidamli cho‘yanlar
olish uchun ular nikel (3,5-5%) va xrom (0,8%), titan, mis, vanadiy,
molibden kabi elementlar bilan qo‘shimcha ravishda legirlanadi.
Bunday materiallar ishqalanish juftliklarida moysiz ishlay oladi.
Ulardan tormoz kolodkalari, harakatni uzatish vositalari va silindr
gilzasi kabi avtomobil detallari yasaladi. АЧС1, АЧС5, АЧВ1, АЧК2
50
markali tarkibida xrom miqdori ko‘p bo‘lgan cho‘yanlardan qattiq
materiallami maydalaydigan uskunalar, АЧС2 cho‘yanidan abraziv
muhitda katta kuchlanish ostida ishlaydigan tegirmon uskunalari
tayyorlanadi.
Legirlangan olovbardosh ЖЧХ2, ЖЧХЗ cho'yanlaridan metal-
lurgiya, sanoatida ishlatiladigan aglomerat mashinalarining kolosnik-
lari, kimyoviy muhitda ishlaydigan korroziyabardosh uskunalar
detallari va quvurlari ishlab chiqariladi. ЖЧХ2 600°C, ЖЧХЗ 700°C,
ЖЧХ, ЖЧЮ2ХШ 750°C, ЖЧХ16 900°C va ЖЧЮ22Ш cho‘yanlari
1100°C haroratda ham o‘z xossalarini yo‘qotmasdan ishlay oladi.
Bunday cho'yanlar metallurgiya sanoatida pech armaturalari, metallni
yupqa jo ‘valaydigan uskunalaming detallari, shisha ishlab chiqarish
sanoati uskunalari tayyorlashda ishlatiladi.
51
|