- to ia yumshatish.
• Rekristallash uchun buyum 650-700°C gacha qizdirilib, shu
haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga
sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va sementit bir oz o‘sadi.
Materialning plastikligi ortadi.
•Chala yumshatish uchun buyum GS chizig‘idan 10-30°C
yuqori haroratgacha qizdiriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan
keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad
plastina ko‘rinishidagi perlitni yumaloq shaklga keltirishdan iborat.
Uning qattiqligi plastinasimon perlitdan bir oz past bo‘lsada,
plastikligi yuqoridir.
• Donachalarini nisbatan maydalash va qoldiq ichki zo‘riqishlarini
kamaytirish
maqsadida
evtektoiddan
oldingi
poiatlam i
GS
chizig‘idan, evtektoiddan keyingi po‘latlami RSK chizig‘idan 30 -
50°C yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab
turilgandan keyin pech bilan birga sovitishni biz to ‘la yumshatish deb
tushunamiz. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti buyum materialida
faza o ‘zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo'lishi kerak. Natijada
hosil b o igan mayda donali austenit sovishi hisobiga perlit donachalari
ham maydalashadi.
Sovutish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam
barqarorlikka ega b oigan haroratda to ia parchalanguncha ushlab
turiladi. Austenit perlitga to iiq parchalangandan so‘ng asta-sekin
sovitiladi. Bunday termik ishlov berish
izotermik yumshatish
deyiladi.
Bunga to ia yumshatishga qaraganda 2-3 marta kam vaqt ketadi.
Dostları ilə paylaş: