Perlitli СЧ21, СЧ24, СЧ25, СЧЗО, СЧ35 kulrang cho‘yanlari
kuchli dastgohlarning staninasi, mexanizmlari, porshen, silindr,
dvigatel bloklari, metallurgiya jihozlarining detallarini
ishlab
chiqarishda qoilaniladi.
Ferritli СЧ10, СЧ15, СЧ18 kulrang cho‘yanlari poydevor
plitalari, qurilish ustunlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, dastgohlar,
avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqarishda qoilaniladi.
Markada СЧ-kulrang cho‘yan, birinchi ikkita son cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasini bildiradi.
B olg‘alanuvchan ch o ‘yanlar
oq cho‘yanni maxsus usulda
yumshatish orqali olinadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanda uglerod erkin
holatda-bodroqsimon grafit shaklida boiadi. Ulaming plastikligi
kulrang cho‘yanlarnikiga nisbatan yuqori. Metall asosiga ko‘ra
bolg‘alanuvchan cho‘yan ferritli va perlitli b o iad i. Ferritli kulrang
cho‘yanning
plastik
xossalari
yuqori
boiganligi
sababli
mashinasozlikda keng ishlatiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yan olish
uchun ishlatiladigan oq cho‘yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha
boiadi:2,5-3,0% C, 0,7-1,5% Si, 0,3-1,0% M n'o,12% S, 0,18% P.
Yumshatish ikki bosqichda olib boriladi (3.2-rasm). Birinchi
bosqichda quymalar 950-970°C da ushlab turiladi. Bu davrda
ledeburit tarkibiga kiruvchi (Fe3C+A) sementit parchalanadi va
muvozanat holatdagi A+S strukturasi hosil boiadi.
Dostları ilə paylaş: