Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Superfinishlash -
ishlov beriladigan detalda juda toza yuza hosil 
qilish uchun maxsus golovka yordamida mayin abraziv bilan o‘lcha- 
miga yetkazishning bir turidir. Buning uchun oq elektr-korunddan, 
yashil kremniy karbididan keramik yoki bakelit bog‘lovchi asosida 
tayyorlangan abraziv brusoklar ishlatiladi. Brusoklaming donadorligi, 
standartga ko‘ra, 3-5 mk bo‘ladi. Ushbu usuldan toblangan po‘lat, 
toblanmagan po‘lat, cho‘yan, rangli metallar va ulaming qotishma- 
laridan tayyorlangan detallarning doirasimon, yassi, konussimon 
(ko‘pincha tashqi); yuzalariga ishlov berishda foydalaniladi. Tanavor 
superfmishlanishdan oldin jilvirlanishi kerak. Superfinishlashning 
mohiyati shundan iboratki, bunda abraziv brusoklar aylanayotgan 
tanavor yuzasi yoki golovka bo‘ylab minutiga 5-15 m tezlik bilan 
ilgarilanma-qaytar harakatlanadi, shu bilan birga, chastotasi minutiga 
2 0 0
dan 
2 0 0 0
ta gacha qo‘sh yurish va amplitudasi 
1 - 6
mm bo‘lgan 
tebranma 
harakatda 
bo‘ladi, 
brusoklaming 
siljish 
tezligi
0
,
1
-
1 ,1
m/min ga teng.
Superfinishlashda ishlov berilayotgan yuza ozgina kuch bilan 
siqiladi, buning natijasida tanavor qizimaydi va uning yuza qatlami 
juda oz darajada deformatsiyalanadi.
Detaining ishlov berilgan yuzasi pardozlangandan keyin tozaligi 
14-sinfga to‘g‘ri keladigan ko‘zgudek yaltiroq yoki xiraroq chiqadi. 
Moylash-sovitish 
suyuqligi 
sifatida 
5-10 
%
mashina 
moyi 
aralashtirilgan kerosin ishlatiladi.
Jilolash dastgohlari.
Jilolash dastgohlari ham sanoat korxona­
larida turli jarayonlami bajarish uchun ishlatiladi, jilolash dastgohlari 
detallar oichamlarining aniqligiga rioya qilmay, chiroyli, yaltiroq 
yuza hosil qilish; detallarni pardozlash, shuningdek, xromlangan, 
nikellangan va boshqa materiallar bilan qoplangan yuzalami 
yaltiratish uchun ishlatiladi.
Jilolashda har xil ip gazlama, namat, fetr va kigiz qoplangan 
yumshoq doiralardan foydalaniladi. Jilolovchi material doira sirtiga
197


jilolash pastasi (vena ohagi yoki xrom oksidi aralash pastalar, shu­
ningdek GOI pastalari tarzida surtiladi). Jilolashda jilo beruvchi 
doiraning tezligi 35 m/s ga yetadi.
Detallami abraziv donalari aralashtirilgan suyuqlik bilan ham 
jilolash mumkin. Bu holda suyuqlikka yaxshilab aralashtirilgan mayda 
abraziv donalari ishlov beriladigan yuzaga 80 kN/m
2
bosim ostida 
purkaladi, bunda abraziv donalari yuzani tekislaydi va g ‘adir- 
budurligini kamaytiradi. Bu usul istalgan shakl va o‘lchamdagi 
shakldor yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llanilishi mumkin. Odatda, 
suyuqlik (suv) dagi abraziv donalari miqdori massa bo‘yicha 30-40 
%
ga teng bo‘ladi. Jilolash (yaltiratish) usulidan ishlov beriiayotgan detal 
yuzasini ko‘zgudek yaltiroq qilish uchun foydalaniladi. Jilolashda 
namat, rezina yoki qalin kanop mato qoplangan yumshoq elastik doi- 
ralardan foydalaniladi. Doiralaming yuzasiga elektr-korund, kremniy 
karbidining abraziv kukuni yoki pasta yelim yordamida surtiladi. 
Pasta sifatida xrom oksid, krokus, vena ohagi, kukun ishlatiladi. 
Jilolangan yuzalarning tozaligi 7 dan 12-sinfga to ‘g‘ri keladi.
Jilolash usulidan, ko‘pincha, detallaming yuzalarini pardozlash, 
shuningdek, galvanik qoplash (xromlash, nikellash va h.) oldidan 
yuzalami tayyorlashda foydalaniladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin