( l'K) kauchukli o ‘simliklar (daraxtlar) dan olinadi. U efir, benzin,
mineral moylarida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°C
gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0°C dan
past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda
qimmatbaho material.
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanil-
masdan, balki sintetik kauchuklar (SK) hosil qilinib, ulardan keng
foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida
juda rang-barang sintetik kauchuk va shunga o ‘xshash konstruksion
materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen,
benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar
sintetik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklaming sintetik
kauchuklarga nisbatan mustahkamligi yuqoridir, lekin TK laming
sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari SK ga
nisbatan ancha past.
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus
turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarga moijallangan rezinalar suvda,
kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalarida, havoda (50°C dan
130°C gacha) haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin.
Shunday rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar,
transportyor tasmalari, kabellaming izolatsiyalari (qoplamalari) va
boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga moijallangan rezinalar, o ‘z navbatida, moy-
benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o ‘tkazmaydigan; gazlar va
suyuqliklarga chidamli turlarga boiinadi. Bundan tashqari, maxsus
rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va
vulkanizatsiyalash jarayonida metall turlar, qistirmalar rezina
aralashmasi orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi
oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma
tasmalari, transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: