bo‘lib, havo qutisi (1) bilan tutashgan. Sapfa (3) ga gidravlik porshen
bilan bog‘langan shestemya (4) o‘matilgan. Gidravlik porshen
harakatga kelganda konvertor tishli reyka (5) va shestemya (4) orqali
o ‘z o‘qi atrofida aylanadi.
Konvertomi ishga tushirayotganda yotiq (gorizontal) holatga
keltirilib, unga suyuq cho‘yan quyiladi. Keyin past bosimda havo
haydaladi. Havo kanallari suyuq cho‘yan bilan bekilib qolishini
bartaraf etish maqsadida konvertor tik (vertikal) holatga asta-sekin
keltiriladi.
Konvertomi tik holatga keltirish mobaynida havo bosimi 2,5 atm
oshirib boriladi. Bu vaqtda suyuq cho‘yan shiddat bilan oksidlana
boshlaydi:
2Fe + 0 2 = 2FeO + Q kkal
Si + 0 2 = S i0 2 + Q kkal
2Mn + 0 2 = 2MnO + Q kkal
Si + 2FeO = S i0 2 + 2Fe + Q kkal
Mn + FeO = MnO + Fe + Q kkal
Oksidlar o‘zaro birikib silikat tarzida shlak hosil qiladi:
MnO + S i0 2 = Mn S i0 2
FeO + S i0 2 = FeO S i0 2
Dostları ilə paylaş: