Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Elektr pechlari. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektr 
pechida po‘lat olish usuli yaratildi. Elektr pechlari tuzilishining 
oddiyligi, turli muhitda va vakuumda ishlay olishi, haroratning 
yuqoriligi va oson rostlanishi ko‘p legirlangan va maxsus xossali 
po‘latlar olishga imkon berdi.
Po‘lat ishlab chiqarishda foydalaniladigan elektr pechlari ikki 
asosiy guruhga ajratiladi:
• elektr-yoy pechlari;
• induksion elektr pechlari.
Elektr-yoy pechlari
tuzilishi oddiy, boshqarish qulay, elektr 
energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti yuqori va ularda turli 
markalardagi po‘latlarni arzon shixta materiallaridan olish mumkin
123


(7.4-rasm). Elektr-yoy pechlari, 
o ‘z
navbatida, elektrod 1 ning 
o‘rnatilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
• elektrodlari tik (vertikal) o ‘matilgan pechlar (ular po‘lat ishlab 
chiqarishda ishlatiladi);
• elektrodlari yotiq (gorizontal) o ‘matilgan elektr pechlari (ular 
quymakorlik sexlarida rangli metallar qotishmalarini suyuqlantirishda 
ishlatiladi).
Bu pechlarda tok birinchi elektroddan metallga, undan ikkinchi 
elektrodga o ‘tadi. Natijada tok zanjiri hosil bo‘ladi. Elektr yoyi 
elektrodlar bilan pechga solingan shixta orasida hosil boiadi. Elektr- 
yoy pechlari sirti po‘lat list bilan qoplangan bo‘lib, ichki devorlari 
o ‘tga chidamli g ‘ishtlardan teriladi. Pechning yuqori qismi 
gumbaz
deb, tagi esa 
tub
deb ataladi. Shixta materiallarini pechga tezroq 
yuklash maqsadida gumbaz ajraladigan qilinadi. B a’zi pechlaming 
yon tomonlariga shixta materiallari solinadigan darcha, ikkinchi 
tomonidan esa suyuq metall chiqaradigan nov qilinadi.
7.4-rasm. Elektr-yoy pechL
Pech elektrodlari ko‘mir yoki grafitdan diametri 200-600 mm, 
uzunligi 3000 mm gacha qilib tayyorlanadi. Elektrodlaming diametri 
quw atiga qarab belgilanadi. Bir tonna po‘lat olish uchun 5-10 kg 
grafit elektrod sarf bo‘ladi.
124


Pechning kamchiligi shuki, unda olingan po‘lat tarkibida N2, 0 2, 
llj, gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi. Ular metallning 
mexanik xossalarini pasaytiradi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin