Takrorlash uchun savollar
1. Materialshunoslik fani va uni o‘rganishning ahamiyati.
2. Qora metallar haqida ma’lumot bering.
3.Metallar rudalardan qanday usullar yordamida ajratib olinadi?
4.Metallurgiyada ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i turlari haqida
ma’lumot bering.
5 . 0 ‘tga chidamli materiallar haqida gapirib bering.
6.C ho‘yan haqida va uning tarkibiga kiruvchi elementlaming
xossalariga ta’siri to ‘g ‘risida aytib bering.
7.Domna pechining tuzilishi va ish jarayonini so‘zlab bering.
8.Po‘lat ishlab chiqarish haqida ma’lumot bering.
9.Po‘lat ishlab chiqarishda ishlatiladigan pechlar haqida so‘zlab
bering.
10. Po‘lat qolipga necha usulda quyiladi?
128
8. QUYMAKORLIK. QUYMA OLISHNING MAXSUS
USULLARI
8.1. Quymakorlik
Quymakorlik
detal
va
buyumlar xomaki
(zagotovkalari)
ko‘rinishida turli-tuman quymalar olish jarayonlaridan iboratdir.
Quymakorlik jarayonida qolip (qum-tuproqdan yoki metalldan
yasalgan) suyultirilgan metall bilan to‘ldiriladi, u qotgach, quyma
detal, ya’ni quyma hosil bo‘Iadi. Zarur bo‘lsa, quymalarga keyingi
ishlov berish jarayonida aniq o‘lcham va shakl beriladi. Ko‘pgina
hollarda kerakli detallar faqat quyish usuli bilangina olinadi. Bu,
ayniqsa katta o ‘lcham va vaznga ega boigan, shuningdek, murakkab
shaklli detallami tayyorlashda yoki qotishmaning plastikligi kichik
(masalan, cho‘yan) b o iib , bosim ostida ishlov berish (bolg'alash,
shtamplash) mumkin bo‘lmagan hollarda juda muhimdir. Mashi-
nasozlikda barcha detallaming taxminan 50 % quymakorlik usuli bilan
olinadi.
Quymakorlik sanoati texnologiyasi.
Ma’lumki, quymakorlik
sanoati sexlarida u yoki bu quyma buyum (detal) ni hosil qilish uchun
ma’lum bir tizimdagi ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshirish
talab qilinadi. Shuning uchun quymalar ishlab chiqarish texnolo
giyasini vtulka quymasini hosil qilish misolida ko‘rib chiqamiz.
Vtulka quymasi hosil qilinishi uchun dastawal shu quymaning
nusxasi va quymada teshik hosil qilish uchun zarur bo‘lgan
steijenning qolipi (steijen qutisi) yasaladi, so‘ngra nusxa yordamida
qolip, sterjen qutisida esa sterjen tayyorlanadi. Qolipga quyish
kanallari ochiladi, sterjen o‘matiladi va qolip suyuq metall bilan
to ‘ldiriladi. Metall qotgach, qolipni buzib, undan quyma olinadi,
quymaning ortiqcha joylari kesib tashlanadi va tozalanadi, natijada
quyma tayyor holga keladi,
Shunday qilib, quymakorlik sexlarida turli quyma buyumlar
(detallar) ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlami o ‘z
ichiga oladi: a) metall qolip yuzasiga o ‘tga chidamli qatlam qoplash
va uning ustidan yupqa qilib maxsus bo‘yoqlar berish; b) qolipni
129
yig‘ish; d) qolipga metallni quyish; e) quymani qolipdan ajratish;
f) qolip yuzaiarini siqilgan havo bilan yoki boshqa usulda tozalash.
Dostları ilə paylaş: |