qilinishi kerak bo‘lgan bo‘shliqning o‘lchamlaridar. kichik qilinadi.
Sterjenlar qolipga qaraganda og‘irroq sharoitda ishlaydi. Shu
sababli sterjen materiallari puxtaroq bo'lishi,
gazlami yaxshi
o ‘tkazishi lozim. Bundan tashqari, sterjen materiallari quymadan oson
ajraladigan va nam tortmaydigan bo‘lishi ham kerak.
Sterjenning
mustahkamligini oshirish uchun orasiga sinch (armatura) qo‘yiladi,
gaz o ‘tkazuvchanligini oshirish uchun esa sterjenning boshidan
oxirigacha sim tiqib olinadi, murakkabroq
sterjenlar ichiga pilik
(kanop, poxol o‘ramlari va shu kabilar) qo‘yiladi, sterjen tayyor
bo‘lganda ular sug‘urib olinadi yoki sterjen quritilayotganda kuyib
ketadi.
Sterjen tayyorlanadigan materialning (aralashmaning)
asosiy
tarkibiy qismlarini kvars qumi, gil va turli bog‘lovchi moddalar tashkil
etadi. Bog‘lovchi moddalaming asosiy vazifasi sterjenni yetarli
darajada puxta qilishdan iborat. Bunday bog‘lovchilar
sifatida
o‘simlik moylari, neft, torf, ko‘mir, slanes va yog‘ochni qayta ishlash
mahsulotlari, anorganik birikmalar (suyuq shisha, sement) va
boshqalar ishlatiladi.
Tayyorlangan sterjenlar tegishli pechda 200 °C dan 400 °C gacha
haroratda
5 - 1 0
soat davomida
quritiladi, natijada sterjenning
puxtaligi zarur darajaga yetadi. Sterjenlar qolipga nusxadagi turli
figuralar yordamida
hosil qilingan tayanchlar, shuningdek, maxsus
tirgaklar yordamida o ‘matiladi.
Dostları ilə paylaş: