2.Piliklash mashinasini takomillashtirish yo’nalishlari. 3. Pishitish va o’rash jarayonlari yangiliklari Piliklash mashinasining turlari Ilgari uch va to’rt o’timda ishlaydigan piliklash mashinalari ipning assortimentiga qarab ishlatilgan. Yigirish texnikasi va texnologiyasining taraqqiyoti natijasida hozirga kelib, bir yoki ikki o’timda ishlovchi piliklash mashinalaridan foydalanilmoqda. O’ta ingichka iplar olishda ikkinchi o’tim piltasidan dastlab pilik olinadi, so’ngra olingan pilikdan unga nisbatan ingichkaroq pilik qaytadan shakllanadi. Shunday qilib, piliklash mashinalari pilikning chiziqiy zichligiga qarab uch guruhga quyidagicha bo’linadi: yo’g’on pilik mashinalari; yo’g’onligi o’rtacha pilik mashinalari; ingichka pilik mashinalari. Hozirga kelib, piliklash mashinalari oddiy pilik mshinalari va ingichka pilik mashinalariga bo’linadi. Piliklash mashinalari bir-biridan tarkibiy qismlari va tuzilishi bilan ham farqlanadi.
Piliklash mashinasini takomillashtirish yo‘nalishlari Ta‟minlash zonasi, cho’zish asbobi, pishitish - o’rash mexanizmlari, to’lgan g’altaklarni chiqarish va bo’shlarini o’rnatish avtosyomniklari hamda transportirovka vositalari nazarda tutilmoqda. Shularga mos ravishda piliklash mashinasining yangiliklari ham aynan shu belgilari bilan baholanishi mumkin.
Piliklash mashinasintng ta‟minlash zonasi quyidagi shartlarga javob bermog’i lozim:
ta‟minlash qurilmasi mashinada ishlovchilarning bo’yini hisobga olgan bo’lmog’i kerak;
qurilma balandligi rostlanuvchan bo’lmog’i kerak;
piltali tazlarni o’rnatish va almashtirish oson bo’lishi kerak;
qurilma piltalarning bir-biriga tegmasligini ta‟minlovchi turli konstruksiyadagi yo’naltirgich va ajratgichlarga ega bo’lishi kerak.
Mazkur shartlarni to’la bajaruvchi ta‟minlash qurilmalari korxonalarda o’rnatilgan piliklash mashinalarida ishlatilmoqda. Ta‟minlovchi tazlar ta‟minlash qurilmasi tagida olti qatorgacha orada ishchiga yo’l qoldirib, ikki guruhga bo’lib joylashtiriladi (1-rasm, a). Piltalarning bir-biriga tegmasligini ta‟minlash maqsadida ta‟minlash qurilmasi yo’naltirgichlar, piltaning sirpanishi natijasida sodir bo’ladigan soxta cho’zilishning oldini olish maqsadida esa olti qirrali yo’naltiruvchi valiklar bilan jihozlangan (1-rasm, b).
a b
1-rasm. Tazlar joylashuvi a), olti qirrali valik va yo’naltirgich b)
Bu bilan nafaqat soxta cho’zilishning oldi olinadi, balki piltaning xurpayib tukdorlik ko’payishining ham oldi olinadi. Ta‟minlanayotgan piltaning cho’zuvchi asbobdan oldin uzilishlarini nazorat etish uchun ta‟minlash qurilmasining ikki chekkasiga fotoreleler o’rnatilgan. Agar birorta pilta uzilsa, uzilgan piltaning uchi osilib pastga tushganda fotodiodlar nuri uziladi, avtostop ishga tushib, mashina to’xtaydi. Bu bilan qaytimlar miqdori kamayishiga erishiladi.
Piliklash mashinasining asosiy qismlaridan biri hisoblangan cho’zuvchi asbob uch va to’rt silindrli bo’lishi mumkin, lekin respublika korxonalarida ishlayotgan piliklash mashinalari uch silindrli asboblar bilan jihozlangan. Ular uchta silindr ustida joylashgan uchta valikga ega bo’lib, ta‟minlovchi va uzatuvchi cho’zuvchi juftliklar orasidagi silindr va valiklarga esa tasmalar kiygizilgan. Shunday qilib, ishlayotgan piliklash mashinalarining cho’zuvchi asboblari uch silindrli va ikki tasmalidir. Ustki valiklarga qo’yiladigan yuk pnevmatik bo’lib, mashinadagi pilikning ravonligini ta‟minlaydi. Yuk bosimining qiymati maxsus sensorlar yordamida markaziy panelda o’rnatilib nazorat etiladi. Shuningdek yuk markazlashgan holda ohista olinganligi bois ustki valiklarning deformatsiyalanishi sezilmaydi. Ustki valiklar va tasmalar kalta tolalar va iflosliklardan muntazam tozalab turilishi uchun rezina sirtli tozalovchi valiklar (2-rasm, a) yoki tozalovchi tasmalardan foydalaniladi (2-rasm, b).
a b
2-rasm. Tozalovchi valiklar a), tozalovchi tasmalar b)
Cho’zuvchi asbobning tagiga tushadigan kalta tolalar va mayda, ko’z ilg’amas iflosliklar maxsus so’rg’ichli pnevmatik tizim yordamida tozalanadi. Mazkur sistema ham piliklash mashinasidagi so’ngi yangiliklardan hisoblanadi.