quymaning shakliga aynan o ‘xshash bo‘ladi, o ‘lchamlari esa kattaroq
qilinadi, chunki qolipga quyilgan metall qotishida m a’lum
darajada
kirishadi.
8.1-rasm. Model komplekti.
Quymakorlik sanoati qolip tayyorlash uchun foydalaniladigan va
eng ko‘p ishlatiladigan ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish
darajalari 8.1-jadvalda keltirilgan.
Ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish darajalari
8.1-jadval
Qotishmalar
nomi
Chiziqli
kirishish
darajasi, %
Qotishmalar
nomi
Chiziqli kirishish
darajasi, %
Kulrang cho‘yan
Oq cho‘yan
Uglerodli po‘lat
Marganesli po‘lat
Titan
va uning
qotishmalari
l,i0-0,3
1.7-2,0
2,0-2,5
2.8-3,0
Aluminiyli
qotishmalar
Magniy
qotishmalari
Qalaysiz bronza
Rux qotishmalari
0,9-1, 2
1,0-1,6
2,3-2,5
0,9-1,2
1,5-2,3
Qalayli bronza
1.4-1,6
Jez
1,3-1,8
137
Shuni ta ’kidlash lozimki, hajmiy va erkin kirishish darajalari turli
metall, qotishma va nometall materiallar uchun har xil bo‘lishi amalda
tasdiqlangan. Shuning uchun turli materiallardan nusxalar tayyorlash-
da bu parametrlami
ham hisobga olish zarur, aks holda tayyorlangan
quyma detal (buyum) olcham lari aniq chiqmaydi.
Nusxa tayyorlashda uning qolipdan oson chiqishi lozimligi ham
nazarda tutiladi. Nusxani qolipdan chiqarish oson bo‘lishi uchun
uning vertikal yuzalari m a’lum darajada qiya qilib tayyorlanadi. Bu
qiyalik yog‘och nusxalar uchun 0° 15 dan 3° gacha,
metall nusxalar
uchun esa 0°20 dan 0°30 gacha bo‘ladi.
Yog‘och nusxalar qarag‘ay, archa, zarang, olcha, j o ‘ka, qora
qayin kabi qattiq yog‘och navlaridan, metall nusxalar esa turli
qotishmalardan tayyorlanadi.
Yog‘och nusxalar nam tortmasligi uchun ulaming sirti nam
o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.
Har xil qotishmalardan
olinadigan quymalaming nusxalari turli rangga bo‘} aladi. Masalan,
cho‘yan va po‘lat nusxalar qizil, rangdor metall nusxalar esa sariq
rangga bo‘yaladi.
Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan quymalaming sirtiga qora dog‘lar
(belgilar) qilinadi. Quymada bo‘shliqlar hosil qilish lozim bo‘Isa,
sterjenlardan foydalaniladi. Sterjenni qolipga o ‘matish uchun esa
qolipda tayanch yuzalar hosil qilinadi. Qolipda
tayanch yuzalar hosil
qilish uchun nusxada bo‘rtiqchalar qoldiriladi. Bunday tayanchlaming
sirti qora rangga bo‘yaladi.
Dostları ilə paylaş: