Nurmurodov


darzlar Aamda  yoriqlar



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

darzlar
Aamda 
yoriqlar
ko‘pincha quymaning notekis sovishidan kelib chiqadi. 
Mayda darzlar, yoriqlar, sirti kovakliklar va shu kabilar metallizator 
yordamida suyuq metall purkash yo‘li bilan tuzatilishi mumkin. 
Bundan tashqari, quymada ko‘p miqdorda 
metailmas qo ‘shilmalar-
shlak, qolip aralashmasi, shuningdek, pech va cho‘michning o ‘tga 
chidamli qoplamalaridan o ‘tadigan qo‘shilmalar quymaning tuzatib 
bo‘lmaydigan nuqsonlari jumlasiga kiradi.
Qolipga quyilgan qotishma (masalan, suyuq cho‘yan) ning sovish 
tezligi katta bo‘lsa, quymaning sirti qatlami oqarib qoladi, ya’ni oq 
cho‘yanga aylanadi. Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan cho‘yan quymalar 
uchun bu hodisa nuqson hisoblanib, bunday cho‘yanni kesib ishlash 
qiyinlashadi. Bunday nuqsonni yo‘qotish uchun quymalar termik 
ishlash orqali albatta yumshatilishi kerak.
Model tayyorlash.
Ma’lumki, quymakorlik sanoatida biror quyma 
detal olish uchun avval uning modeli tayyorlanadi. Bunday modellami 
turli yog‘och, metall, qotishma yoki boshqa materiallardan tayyorlash 
aytilgan edi. 8.1-rasm, 
b
da vtulkaning yog‘ochdan ajraluvchi ikki 
pallali qilib tayyorlangan modeli keltirilgan. Modelning shakli
136


quymaning shakliga aynan o ‘xshash bo‘ladi, o ‘lchamlari esa kattaroq 
qilinadi, chunki qolipga quyilgan metall qotishida m a’lum darajada 
kirishadi.
8.1-rasm. Model komplekti.
Quymakorlik sanoati qolip tayyorlash uchun foydalaniladigan va 
eng ko‘p ishlatiladigan ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish 
darajalari 8.1-jadvalda keltirilgan.
Ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish darajalari
8.1-jadval
Qotishmalar
nomi
Chiziqli 
kirishish 
darajasi, %
Qotishmalar
nomi
Chiziqli kirishish 
darajasi, %
Kulrang cho‘yan
Oq cho‘yan 
Uglerodli po‘lat
Marganesli po‘lat
Titan va uning 
qotishmalari
l,i0-0,3
1.7-2,0 
2,0-2,5
2.8-3,0
Aluminiyli 
qotishmalar 
Magniy 
qotishmalari 
Qalaysiz bronza
Rux qotishmalari
0,9-1, 2
1,0-1,6
2,3-2,5 
0,9-1,2
1,5-2,3
Qalayli bronza
1.4-1,6
Jez
1,3-1,8
137


Shuni ta ’kidlash lozimki, hajmiy va erkin kirishish darajalari turli 
metall, qotishma va nometall materiallar uchun har xil bo‘lishi amalda 
tasdiqlangan. Shuning uchun turli materiallardan nusxalar tayyorlash- 
da bu parametrlami ham hisobga olish zarur, aks holda tayyorlangan 
quyma detal (buyum) olcham lari aniq chiqmaydi.
Nusxa tayyorlashda uning qolipdan oson chiqishi lozimligi ham 
nazarda tutiladi. Nusxani qolipdan chiqarish oson bo‘lishi uchun 
uning vertikal yuzalari m a’lum darajada qiya qilib tayyorlanadi. Bu 
qiyalik yog‘och nusxalar uchun 0° 15 dan 3° gacha, metall nusxalar 
uchun esa 0°20 dan 0°30 gacha bo‘ladi.
Yog‘och nusxalar qarag‘ay, archa, zarang, olcha, j o ‘ka, qora 
qayin kabi qattiq yog‘och navlaridan, metall nusxalar esa turli 
qotishmalardan tayyorlanadi.
Yog‘och nusxalar nam tortmasligi uchun ulaming sirti nam 
o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Har xil qotishmalardan 
olinadigan quymalaming nusxalari turli rangga bo‘} aladi. Masalan, 
cho‘yan va po‘lat nusxalar qizil, rangdor metall nusxalar esa sariq 
rangga bo‘yaladi.
Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan quymalaming sirtiga qora dog‘lar 
(belgilar) qilinadi. Quymada bo‘shliqlar hosil qilish lozim bo‘Isa, 
sterjenlardan foydalaniladi. Sterjenni qolipga o ‘matish uchun esa 
qolipda tayanch yuzalar hosil qilinadi. Qolipda tayanch yuzalar hosil 
qilish uchun nusxada bo‘rtiqchalar qoldiriladi. Bunday tayanchlaming 
sirti qora rangga bo‘yaladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin