9.
KONSTRUKSION MATERIALLARNI BOSIM BILAN
ISHLASH. METALLARNI PROKATLASH, PRESSLASH VA
KIRYALASH
9.1. Bosim bilan ishlash usullari va ularning fizik asoslari
Mashinasozlikda metallami bosim bilan ishlashning quyidagi
usullari keng tarqalgan.
1. Prokatlash.
Bunda tayyorlanma
prokatlash mashinasining
qarama-qarshi tomonlarga aylanuvchi silindrik jo ‘valari orasidan ezib
o ‘tkazib ishlanadi. Bunda tayyorlanmaning ko‘ndalang kesimi yuzi
kichrayib, bo‘yiga uzayadi.
Bu usulda listlar, polosalar, chiviqlar, har
xil shaklli mahsulotlar tayyorlanadi.
2. Kiryalash.
Bunda tayyorlanma uning ko‘ndalang
kesimidan
kichik bo‘lgan, kirya (asbob) teshigidan (ko‘zidan) tortib o ‘tkaziladL
Bu usulda turli diametrdagi chiviqlar, simlar, quvurlar va shakldor
boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
3. Presslash
Bunda tayyorlanma ahvoli silindrik konteynerga
kiritilib, uning matritsa deb ataluvchi asbobi ko‘zidan puanson yorda
mida siqib chiqariladi. Bu usulda turli o‘lchamli chiviqlar,
quvurlar va shakldor boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
4. Bolg'alash.
Bunda ko‘pincha
zarur haroratda qizdirilgan
tayyorlanma bolg‘aning pastki bo‘yoq muhrasiga (dastaki bolg‘a-
lashda sandonga) qo‘yib, bolg‘aning ustki muhrasi bilan zarblanadi.
Bu usulda val, shatun, tishli g‘ildirak va boshqa detallaming chala
mahsulot (pokovka) lari olinadi.
5. Shtamplash.
Bunda ko‘pincha zamr
haroratgacha qizdirilgan
tayyorlanma shtampning pastki palla bo‘shlig‘iga qo‘yilib, bolg‘a
babsiga o ‘matilgan shtampning ustki pallasi bilan zarb beriladi. Bunda
tayyorlanma deformatsiyalanib, shtamp bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bu
usulda turli shakldagi mahsulotlar (tishli g‘ildirak,
tirsakli val va
boshqa tayyorlamnalar) olinadi.
Dostları ilə paylaş: