Nurmurodov


List materiallami shtamplash



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

List materiallami shtamplash.
Turli materiallardan tayyorlangan 
listlar, tasmalar, polosalar tarzidagi prokatlardan yupqa devorli
153


fazoviy buyumlar tayyorlashga 
list shtamplash
deb ataladi. List 
shtamplash shtamplar yordamida press bilan yoki pressiz (32-rasm) 
bajariladi. Shtamplanadigan listlaming qalinligi 0,15-60 mm gacha 
bo‘ladi. Listlar yupqa (qalinligi 4 mm gacha) va qalin listlarga 
(qalinligi 4 mm dan ortiq) bo‘linadi. Yupqa listlaming hammasi, 
asosan, sovuqlayin shtamplanadi, 15-20 mm dan qalin listlami albatta 
shtamplash oldidan bolg‘alash haroratigacha qizdirish talab qilinadi. 
Bu usulda ishlab chiqariladigan detallaming aniqlik sinflari asosan 4 
va 3 bo‘lib, soat detallaridan to bug‘ qozonlarining tubigacha, dengiz 
kemalarining detallari hamda yengil avtomobillaming 70 
%
dan 
ko'proq detallari shu usulda olinadi.
List shtamplash jarayonlari ikkita asosiy guruhga: 
ajratish
va 
shakl о ‘zgartirish
jarayonlari gumhiga bo‘linadi. Ajratish jarayonlari 
gumhiga qirqish, qirqib olish, o‘yib tushirish va boshqa jarayonlar; 
shakl hosil qilish jarayonlari guruhiga esa egish, botiq qilish, chetini 
ayirish, bort chiqarish, bo‘rttirish (shakl berish), siqish, list zarblash 
(relyefli shtamplash) va boshqa operatsiyalar kiradi.
Qirqishda
list, polosa yoki tasmalardan ma’lum o ‘lchamli chala 
tanavorlar kesib olinadi.
Qirqib olishda
chala tanavorlardan zamr shakldagi tanavorlar 
kesib olinadi.
Bunday operatsiyalami bajarishda tanavorlaming qalinligiga 
qarab diskli, richagli, parallel va qiya pichoqli qaychilardan 
foydalaniladi.
O'yib tushirish
- listdan aylana, kvadrat yoki boshqa shaklli 
tanavor o ‘yib tushirish. Listdan disk shaklidagi tanavordan, bu 
tayyorlanmadan esa shayba hosil qilish o ‘yib tushirishga misol bo‘la 
oladi. 0 ‘yib tushirish operatsiyasi maxsus shtamplarda bajariladi.
Egish
- list tanavordan egik buyum hosil qilish. Egish bir 
burchakli, ya’ni F-simon va ikki burchakli U-simon va boshqa 
turlarda bo‘lishi mumkin.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin