Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Payvandlash posti.
Payvandlash posti payvandlash ishlarini baja­
rish uchun hamma zarur uskunalar bilan jihozlangan payvandchining 
ish o‘midir. Payvandlash posti ta’minlash manbayi, elektr simlari, 
elektrod tutkichlar, yig‘ish-payvandlash moslamalari va asboblari, 
himoya shchitlari yoki niqob bilan ta’minlanadi.
Payvandlash postlari ishlatiladigan elektr yoyi turi hamda 
ta ’minlash manbai xiliga qarab quyidagi xillarga ajratiladi:
- bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli payvandlash o ‘zgartir- 
gichlaridan yoki payvandlash to‘g ‘rilagichlaridan ta’minlanadigan, 
o ‘zgarmas tok bilan ishlaydigan postlar;
- payvandlash transformatoridan ta’minlanadigan, o ‘zgaruvchan 
tok bilan ishlaydigan postlar.
Payvandlash postlari ko‘chmas yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin.
Ko'chmas postlar
kichikroq o ‘lchamli buyumlarni payvandlashga 
m o‘ljallangan, usti ochiq xonadan iborat. Odatda, xonaga bir postli 
payvandlash transformatori yoki payvandlash to‘g ‘rilagichi joylashti- 
riladi. Aylanib turadigan o ‘zgarmas tok o ‘zgartirgichi ishlayotganda 
kuchli shovqin chiqaradi, shu sababli uni xonadan tashqarida 
joylashtirgan m a’qul.
Ko‘chma postlardan yirik o ‘lchamli buyumlarni bevosita sexlar- 
ning ishlab chiqarish maydonchalarida yoki qurilish maydonchalarida 
payvandlashda foydalaniladi. Bunday hollarda yoy nuridan to ‘siqlar 
bilan himoya qilinadi, yoyni elektr bilan ta’minlash manbalarini qor 
vayom g‘irdan saqlash uchun usti yopib qo‘yiladi.
10.1.2. Payvandlashning mohiyati va usullari
M a’lumki, payvandlash usulini har qanday metall va metallmas 
materiallarga tatbiq qilish mumkin.
Payvandlash deb
payvandlanadigan qismlaming faqat ular orasida 
atomlararo bolg‘anishni vujudga keltirib, ajralmaydigan birikmalar 
hosil qilish jarayonini aytiladi.
Bu ta’rif metall va nometall materiallarga (plastmassa, shisha 
rezina va b.) ham taalluqlidir.
Turli materiallami payvandlash, asosan, ulaming turli xossalari 
bog‘liq bo‘ladi, chunki materiallaming xossalari uning ichki tuzilishi -
160


atomlarining strukturasiga bog‘liq. Hamma metallar qattiq holatda 
kristall strukturali jismlar boiadi. Amorf jismlar (shisha, parafin, 
mum va b.) ning atomlari tartibsiz joylashgan. Payvandlanadigan 
qismlar bir butun qilib biriktirish uchun ularning elementar zarra­
chalari (ionlari, atomlarini) shunchalik yaqinlashtirish kerakki, bunda 
ular orasida atomlararo bolg‘anish paydo boisin. Buning uchun 
payvandlanadigan qismlaming faqat kerakli joyi yoki hammasi 
qizdiriladi, plastik deformatsiyalanadi yoki ikkala usuldan birgalikda 
foydalaniladi.
Metall zarrachalarini payvandlash sharoitiga qarab (atomlararo 
bolg‘anishni vujudga keltirish uchun), suyuqlantirib, bosim ostida va 
gaz bilan payvandlash kabilarga ajratiladi.
Suyuqlantirib payvandlashning asosiy mohiyati shundan iboratki, 
bunda 
payvandlanadigan 
detallar, 
masalan, 
ikkita 
detaining 
qirralaridagi metall kuchli issiqlik manbalari, ya’ni elektr yoyi, gaz 
alangasi, kimyoviy reaksiya, suyuqlantirilgan shlak, elektron nur 
energiyasi, plazma lazer nuri energiyasi va boshqalar bilan 
suyuqlantiriladi. Bulaming hammasida detaining qizib suyuqlangan 
bir qirrasidagi metall ikkinchi qirrasidagi suyuqlangan metall bilan 
o ‘zaro birikadi. Natijada, payvandlash vannasi deb ataladigan umumiy 
suyuq metall sig‘im hosil boiadi. Payvandlash vannasida metall 
sovigach, chok metali vujudga keladi. Chok metali detal qirralaridagi 
metallning yoki payvandlash vannasiga kiritilgan qo‘shimcha metall­
ning suyuqlanishi hisobigagina hosil boiishi mumkin (10.2-rasm).

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin