payvandlanadigan detaining qalinligi 10 mm dan ortiq boisa,
chokning qavariqlik yoki botiqligi 3 mm dan oshmaydi.
Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda va yarimavtomatik
payvandlashda qotishish
zonasidagi
kesiklar
elektrod uchini
ko‘ndalangiga noto‘g‘ri tebratish oqibatida (payvandchining malakasi
past) hosil bo‘ladi; tok ortgan sari kesik kattalashadi. Bu nuqson
shuning uchun ham xavfliki, kesiklarda zo‘riqishlar to‘planadi, ular
buyum dinamik yuklanish ta’sirida ishlaganda metallning buzilishiga
olib keladi. Metallda chuqurligi 1 mm gacha, uzunligi 15 mm dan
ortiq kesiklar va chuqurligi 1 mm dan katta uzunlikdagi kesiklar
boiishiga y o i qo‘yilmaydi.
Payvand chokning notekis tutashtirilishi, ortiqcha puxtalanish,
toshmalar ko‘pincha payvandlash rejimi noto‘g ‘ri tanlanganda yoki
payvandlanayotgan qirralarda qalin kuyindi qatlami boiganda
vujudga keladi.
Chala payvandianish. Bu nuqson navbatdagi marzachalar (valik-
lar) yoki qatlamlar payvandlash shlakidan tozalanmagan oldingi me
tall qatlami ustiga yotqizilganda, oraliq va chok qatlamlari orasida
kuzatiladi.
Payvand chokdagi shlak va metailmas qo‘shilmalar oksidli,
sulfidli, fosforli va nitridli qo‘shilmalardir. Ular chok metalining
qotish paytiga qadar payvandlash shlakiga ko‘tarilishga ulgurmagan
payvandlash metallurgiyasiga bog‘liq. Odatda, bu nuqson yuqori
tezlikda payvandlaganda paydo bo‘ladi.
Payvand chokdagi ichki g‘ovaklar payvandlashda chok metali
otadigan paytga kelib tashqariga chiqib ketishga ulgurmagan
gazlaming ko‘p miqdorda ajralib chiqishi natijasida vujudga keladi.
Ayni nuqson ayniqsa chuqur choklar hosil qilishda kuzatiladi.
Payvand chokdagi metall aralashmalari. Volfram elektrod bilan
teskari qutbli va katta toklarda payvandlaganda chokka ko‘pincha
volfram zarrachalari tushadi.
Payvand chok qirralarining siljib olishiga payvandlanadigan
detallaming noto‘g‘ri yig‘ilishi sabab b o iad i.
Dostları ilə paylaş: