Kislorod biian qirqishning yana bitta sharti shundan iboratki,
qirqilishi mumkin bo‘lgan metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori
bo‘lmasligi shart, aks holda qirqilish zonasi tez soviydi va harorati
alangalanish haroratidan pasayadi.
Metallami kislorod bilan qirqishda universal keskich (rezak) dan
foydalaniladi. Keskichlar qizdirish alangasini hosil qilish va kesish
zonasiga toza kislorod uzatishga xizmat qiladi.
Odatda, metallar dastaki usulda va mashinalarda qiqriladi. Dastaki
usulda qirqishda foydalaniladigan asbob keskich (rezak) deyilib, bu
asbobning payvandlash gorelkasidan farqi shundaki, unda qirquvchi
kislorodni haydovchi qo‘shimcha kanal bor.
Keskichlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Kesish turi bo‘yicha - ajratish, yuzaki kesish uchun.
2. Vazifasiga ko‘r a - dastaki, maxsus mashinada kesish uchun.
3. Yonilg‘i turi bo‘yicha - atsetilen, atsetilen o‘mida ishlatiladi
gan gazlar, suyuq yonilg‘ilarda ishlaydigan keskichlar.
4. Ishlash tamoyili bo‘yicha - bir xil bosimli, injektorli.
5. Kislorodning bosimi bo‘yicha-past va yuqori bosimli.
6. Mundshtukning tuzilishiga qarab - tirqishli, ko‘p soploli
keskichlar.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan keskichlaming markalari: П ГС -
70, ПГМ -70, ПАТ-70, ПАО-70, PA3-70 (quyma keskichlar), P3R
«Plamya», РУЗ-70 «Raketa», «Fakel», «Raketa-1» PM-1000, РГМ -
2, РГМ -3, РГМ-5 va h.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda metallami qirqish uchun turli
ko‘chmas va ko‘chma kesish mashinalaridan keng foydalaniladi.
Bunday mashinalarga «Sputnik-2», «Raduga», П ГФ -2-67, АШ С-2,
АШ С-70, СГУ-61, «Odessa» kabilami misol qilib keltirish mumkin.
Metallami dastaki qirqishda ko‘proq УР turidagi keskich ishla
tiladi (10.3-rasm). Keskichga naycha
Dostları ilə paylaş: