Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Sovuqlayin payvandlash.
Buning uchun, payvandlanadigan 
yuzalar yaxshilab tozalanadi va maxsus shtamplar vositasida bir-biriga 
katta kuch bilan siqiladi. Puanson metallga botganda metallning 
puanson ostidagi qismida va payvandlanuvchi yuzalar chegarasida 
plastik deformatsiya sodir bo‘lib, metallning donalari maydalanadi. 
Ulanuvchi yuzalar chegarasida sodir bo‘ladigan o ‘zaro singish va 
rekristallanish jarayonlari natijasida ular bir butun bo‘lib qoladi.
Sovuqlayin payvandlashda puansonning ish yuzasiga to ‘g‘ri 
keladigan bosim 30-100 kG/mm2 (300-1000 Mn/m2) ni tashkil etadi.
Bu usul juda plastik metallar: aluminiy va uning qotishmalarini
mis, nikel va boshqalami uchma-uch payvandlashda ham, ustma-ust 
payvandlashda ham qo‘llaniladi.
Elektronlar nuri bilan payvandlash.
Bu usulning mohiyati 
payvandlanuvchi metallar yuzalarini vakuumda elektronlar nuri bilan 
bombardimon qilish orqali qizdirishdan iborat. Buning uchun, 
ulanadigan metallar 10-5 mm sim. ust. gacha vakuumli kameraga 
joylanadi (vakuum chok metalini oksidlanishdan saqlash uchun zarur). 
Kamerada elektronlar oqimi chiqaradigan moslama-elektronlar to‘pi 
bo‘ladi. Elektronlar to ‘pi yuqori (10000-30000 V) zo‘riqishli tok 
manbayining manfiy qutbiga ulanadigan va 2600 °C gacha 
qizdiriladigan volfram spiraldan (katoddan), o ‘rtasi teshik anod va 
fokuslovchi magnit Iinzadan iborat. Katod bilan anod orasida yuqori 
zo‘riqish hosil qilinganda katoddan elektronlar oqimi chiqib, anod 
o ‘rtasidagi teshikdan, so‘ngra fokuslovchi elektr-magnit Iinzadan 
o ‘tadi va metallaming payvandlanuvchi yuzalariga tushadi, natijada 
metallning juda kichik (1 mm2 gacha) b o ig an yuzasi suyuqlanadi. 
Chok chizig‘i yo‘nalishida elektronlar tutamini siljitish uchun 
og‘dimvchi maxsus tizimdan foydalaniladi.
Bu usul qiyin suyuqlanuvchi va kimyoviy aktiv metallami 
payvandlashda, ayniqsa, qo‘l keladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin