Nurmurodov


Vakuumda diffuzion payvandlash



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Vakuumda diffuzion payvandlash.
Bu usulda vakuumli kamera, 
qizdirish manbayi (yuqori chastotali tok generatori) va bosim hosil 
qilish uchun gidravlik pressli uskunadan foydalaniladi. Diffuzion 
payvandlash uchun, yuzalari yaxshilab tozalangan detallar kameraga 
joylanib, kameraning havosi 10'3 —10"5 mm sim.ust. gacha vakuum 
hosil bo‘lguncha so‘rib olinadida, detallar bir tekisda qizdiriladi, 
shundan keyin ulaming payvandlanadigan yuzalari bir-biriga 10 
kG/mm2 (100 MN/m2) gacha kuch bilan siqiladi va shu bosim ostida
174


6-15 daqiqa tutib turiladi, natijada o‘zaro singish sodir bo‘lib, detallar 
payvandlanib qoladi.
Bu usuldan metallokeramik qattiq qotishma plastinalarini 
odatdagi poiatdan tayyorlangan tutqichga payvandlashda, tezkesar, 
issiqbardosh poiatlarni, aluminiy bilan misni, aluminiy bilan nikelni 
va umuman, ikki xil metallini bir-biriga payvandlash bilan foyda­
laniladi.
10.5.2. Cho‘yanIarnlng payvandlanuvchanligi
Cho‘yanlami payvandlashdagi qiyinchiliklar ulaming quyidagi 
xossalari bilan tushuntiriladi.
1. Cho‘yanda oquvchanlik maydonchasining boim asligi va uning 
plastikligining pastligi uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik qiymatiga 
yetadigan zo‘riqishda darzlar paydo boiishiga olib keladi. Bu 
zo‘riqishlar detallar quyilayotgan yoki payvandlanayotgan vaqtda bir 
tekis qizdirilmasligi yoki sovutilmasligi hamda buyumlami ishla- 
yotgan paytda vujudga kelishi mumkin. Darzlar payvandlash 
jarayonida hamda payvand buyumni sovutishda asosiy metallda ham, 
chok metalida ham hosil boiishi mumkin.
2. Tez sovitilganda cho‘yanning martensit, beynit va troostitning 
mo‘rt strukturalarini hosil qilib toblanishga moyilligi. Toblangan 
qismlarda cho‘yan qattiq (800 B) b o iib qoladi va unga mexanik 
ishlov berib boim aydi. Toblash strukturalari yana avval ichki 
zo‘riqishlami paydo qiladi, ular esa darzlar hosil boiishiga olib 
keladi.
3. Payvandlash joyi tez sovutilganda cho‘yanning oqarishga 
moyilligi odatda, payvand chok chegarasida va buyum metalida 
oqargan yupqa qatlam yuzaga kelishiga sabab boiadi. Oqargan bu 
qatlamning plastikligi payvand birikmaning boshqa qismlariga 
nisbatan past bo iad i va payvand birikmaning sovitilishidan hosil 
boiadigan cho‘zuvchi kuch ta’sirida u suyuqlantirib qoplangan metall 
bilan birga asosiy metalldan ajralib sinib tushadi yoki oqargan qatlam 
bilan asosiy metall chegarasi bo‘ylab darzlar hosil boiadi.
4. Suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishda cho‘yanlar xamirga 
o ‘xshash holatda boim aydi. Cho‘yanning bu xossasi uni qiya va tik 
vaziyatlarda payvandlashni qiyinlashtiradi hamda ship vaziyatda 
payvandlashga imkon bermaydi.
175


5. G ‘ovaklar hosil bo‘lishiga moyillik. Bu xususiyat cho‘yan- 
laming past haroratda suyuqlanishi (tarkibida 4,3 
%
uglerod bor 
cho‘yanning 
Tsuyuq= l 142°C, 
sanoat 
cho‘yanlariniki, 
odatda 
Tsuyuq =1200, 1250 °C bo‘ladi) va uning suyuq holatdan qattiq holatga 
tez o'tishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun gazlar (asosan 
oksidlovchi atmosferada hosil boMadigan CO va C 0 2) metalldan 
ajralib chiqishga ulgurmaydi.
6. Cho‘yan buyumlaming kimyoviy tarkibi, termik ishlanishi va 
strukturasiga ko‘ra bir jinsli emasligi. Bu payvandlashning turli-tuman 
texnologiyasi va usullarini qo‘llashni talab etadi. Mayda donli kulrang 
cho‘yanlar yirik donli cho‘yanlarga nisbatan yaxshi payvandlanadi. 
Qora cho‘yanlar yomon payvandlanadi, ular singan joyida to ‘q rangli 
yirik donli tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday cho'yanlar grafitli cho‘yan- 
lar deb ataladi, chunki ularda jami uglerod erkin grafit ko‘rinishida 
bo‘ladi. Bunday strukturali cho‘yanni payvandlashda zarur sifatga ega 
boMgan payvand birikma hosil qilinmaydi.
Mustahkamligi yuqori va mayda donli bolg‘alanuvchan cho‘yan- 
lar kulrang cho‘yanlarga nisbatan yaxshi payvandlanadi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin