tayyorlash uchun mo‘ljallangan
nihoyatda aniq dastgohlar,
boshqacha
qilib aytganda,
master-dastgohlar.
B, A va С
sinf dastgohlari tegishli
aniqlikni ta’minlashi uchun ular harorati va namligi avtomatik
ravishda o ‘zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi.
Dastgohlar texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga
qarab tokarlik, parmalash, yo‘nish, jilvirlash,
randalash, pardozlash,
tish va rezba ochish, frezalash, o ‘yish dastgohlariga bo‘linadi.
Hamma mavjud metall kesuvchi dastgohlar 9 guruhga boiinib,
har bir guruh esa, o ‘z navbatida, 9 turdan iborat bo‘ladi. Bularga
dastgohlaming
vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa
ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng
ko‘p ishlatiladigan dastgohlami kiritish mumkin.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan ko‘p seriyali dastgoh-
laming rusumi uchta yoki to ‘rtta (ba’zan, harflar qo‘shilgan) raqam
bilan belgilanadi. Birinchi raqam dastgohning guruhini,
ikkinchi
raqam - turini, eng oxirgi bitta yoki ikkita raqam dastgohning o‘ziga
xos oMchamlaridan birini bildiradi. Birinchi raqamdan keyingi harf
dastgohning takomillashtirilganligini, barcha raqamlardan keyingi harf
esa asosiy rusumning modifikatsiyasini (shakl o ‘zgarishini) ko‘rsatadi.
Masalan, 2A135 rusumli dastgohda 2 raqami dastgohning ikkinchi
guruhga kirishini, ya’ni parmalash dastgohi ekanligini, A harfi
dastgohning takomillashtirilganligini
bildiradi;
1
raqami dastgohning
birinchi turga oidligini, ya’ni vertikal-parmalash dastgohi ekanligini;
oxirgi ikkita raqam esa parmalanishi mumkin bo‘lgan eng katta teshik
diametri 35 mm ekanligini ko‘rsatadi. 1336A rusumli tokarlik-
revolver dastgohida 1 raqami tokarlik dastgohligini, 3 revolverliligini,
36 - ishlov beriladigan silindrik
tanavoming diametrini,
A
harfi
dastgohning modifikatsiyasini ifodalaydi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, yuqorida nomlari keltirilgan dastgohlar,
asosan, aylanma harakatlanib biror texnologik jarayonni bajarishi
mumkin. Shuning uchun bunday dastgohlarga aylanma harakat
berishda turli tasmali (tekis ponasimon), tishli (to‘g‘ri, qiyshiq, konus
kabi) hamda friksion,
zanjirli, shnekli uzatmalardan, dastgohlarda
ilgarilanma-qaytar harakatni hosil qilish uchun esa vint-gaykali,
reykali uzatmalardan keng foydalaniladi (11.4-rasm).
Metall kesish dastgohlarida asosiy jarayonlami (tokarlik,
parmalash, frezalash, jilvirlash, randalash va boshqa ishlami) amalga
185