Ishqalab moslash (yoki o ‘lchamiga yetkazish) shundan iboratki,
bunda pritir va mayda donali erkin abraziv yordamida suyuq moy
muhitida tanavoming ishlov beriladigan yuzasidan metall zarrachalari
qirqib tashlanadi. Pritirlar: kulrang cho‘yan,
rangli metall va ulaming
qotishmalari, plastmassalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Ishqalab moslash uchun ishlatiladigan abraziv materiallar: tabiiy
korund, elektr-korund, donadorligi 5-16 mk bo‘lgan kremniy karbidi,
GIO pastasi (76
%
xrom oksid, 22 % stearin, 2
%
kerosin), olmos
kukuni, bor karbidining kukuni. Ishqalab moslash (o‘lchamiga
yetkazish) uchun abraziv donalari o‘lchami detallaming ishlov berila
digan yuzalari g‘adir-budurligi va aniqligiga nisbatan qo‘yiladigan
talablarga qarab tanlanadi. Ishqalab moslash yo‘li bilan silindrik, yassi
va boshqa yuzalarga ishlov beriladi.
Ishqalab moslash yuzaga
oldindan botirilgan abrazivli pritir yordamida, suyuq moy muhitidagi
erkin abraziv yordamida pritir bilan biriktirilgan juft detallaming
ishlov beriladigan yuzasi orasida kichikroq bosim hosil qilib, bir-
biriga ishqalash yo‘li bilan
amalga oshirilishi mumkin; bu holda ikki
detaining bir-biriga tegib turadigan yuzalari orasiga abraziv kukuni
surtilib, ular o‘zaro ishqalanadi (masalan, klapan osti konuslarini
ishqalab moslash) va yuzalaming talab etilgan tozaligi hosil qilinadi.
Xoninglash usulida ochiq va berk silindrik va konussimon teshiklar
donadorlik raqamlari 4-6 bo‘lgan standart
qayroq toshlar yordamida
pardozlanadi. Amalda xoninglash usulidan aylanish jismlarining
tashqi silindrik va konussimon yuzalariga, masalan, tirsakli val
bo‘yinlariga, shuningdek, tekis va shakldor yuzalarga pardoz berishda
foydalaniladi. Xoninglashda xon
deb ataladigan maxsus asbob
korpusiga abraziv brusoklar joylanadi. Ishlov beriladigan yuzalarga
qarab, brusoklar xoninglash kallagining tashqi yoki ichki yuzalariga
o ‘matiladi va mahkamlanadi. Xoninglashda elektr-korund brusoklar
(po‘latga ishlov berishda) va kremniy-karbid brusoklari (cho‘yanga va
rangli metallaming qotishmalariga ishlov berishda) ishlatiladi.
Xoninglash bmsoklari metall bog‘lovchili mayda olmoslardan ham
tayyorlanadi. Olmos brusoklaming turg‘unligi abraziv brusoklamikiga
qaraganda
1 0 0 - 1 2 0
baravar yuqori bo‘ladi
va ular yuqori unumli,
ishlov berilgan yuzaning aniq va toza chiqishini ta’minlaydi.
Xoninglash jarayonida xon ishlov berilayotgan tanavor o ‘qi
bo‘ylab bir vaqtning o ‘zida ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytar
harakat qiladi. Xon 45-65 m/min tezlik bilan aylanadi, ilgarilanma-
196
qaytar harakat tezligi esa 10-20 m/min bo‘ladi.
Xoninglash uchun
qoldiriladigan qo‘yimning qalinligi ishlov beriladigan materialga
qarab 0,01-0,08 mm ni tashkil etadi.
Xoninglangan yuzaning tozaligi 12, hatto 13-sinfga, aniqligi esa 1
va 2-sinfga to‘g‘ri keladi. Xoninglash vaqtida sovutish suyuqligi ko‘p
(50 //min gacha) berib turiladi. Sovitish suyuqligi sifatida 80-90 %
kerosin va
2 0 - 1 0
% mashina moyidan iborat aralashma ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: