Mavzu: Hisoblash geometriyasining asosiy tushuncha va usullari Kompyuter grafikasi fayllar formatlari. Reja: Grafik formatlarni moslash.
Grafik formatlar.
Grafik formatlarni taqqoslash va ularga qo ‘yiladigan talablar.
Tayanch iboralar: kompyuterda tasvir, format, ko’rinish.
Grafik formatlarni moslash Veb-sahifalar yaratishda turli xildagi illustratsiyalar ishlatib turiladi. Ular ga quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, diagramma va grafiklar.
Odatda, grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFFyoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri yetkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 KBit/s dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlash jarayonida – illustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa, o‘z navbatida, uning yuklanish tezligiga ta’sir qiladi.
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma’lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Siqish texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba’zi ma’lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar yetkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni siqish texnologiyasini to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10–50 martagacha kichraytirish mumkin, ya’ni siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIFva JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illustratsiyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish, o‘z navbatida, sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi.