Tayanch iboralar: kompyuterda tasvir, format, ko’rinish. Grafik formatlarni moslash


Grafik formatlarni taqqoslash va ularga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 44,77 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü44,77 Kb.
#193080
1   2   3   4
5-Maruza

Grafik formatlarni taqqoslash va ularga qo‘yiladigan talablar
GIF va JPEG grafik formatlari bilan ishlashda quyidagilarni yodda tutish muhim:

  1. Natijalanuvchi GIFfayl o‘lchami palitradagi ranglar soniga bog‘liq. Palitradagi ranglar qancha kam bo‘lsa, siqish darajasini shuncha katta berish mumkin va yakuniy fayl o‘lchami ham shuncha kichik bo‘ladi.

  2. Natijalanuvchi JPEG fayl o‘lchami tasvirning mayda detallar bilan toidirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, siqish darajasini shuncha katta berish mumkin, binda yakuniy fayl o‘lchami ham shuncha kichik bo‘ladi.

  3. Hech qachon JPEGda tasvirning oraliq variantlarini saqlamang, nusxalarni boshqa formatlarda saqlang. Biror bir o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, o‘sha nusxalarni ishlating.

  4. Hech qachon tasvirni GIFdan JPEGga va aksincha, o‘tkazmang. Bunday harakatlarda to‘g‘ri siqish imkoniyati kamayadi, tasvirning va rang berishning yomonlashuvi yuz beradi.

  5. Chekli sondagi ranglardan foydalanilgan, biroq bir xil rangli sohalarning kattaligi va bir rangdan ikkinchisiga o‘lishda chegaralarning aniqligini saqlovchi tasvirlarni GIF texnologiyasi orqali siqish (1-rasm) JPEG dagiga (2-rasm) qaraganda yaxshiroq va natijaviy fayllar kichik o‘lchamda bo‘ladi. Agar bunday tasvirlar JPEGda siqilsa, ranglar xira bo‘ladi va natijaviy fayl o‘lchami kattaroq bo‘ladi.


1-rasm. GIF. 64 rang. 8,97 2-rasm. JPEG. 24 bitli rang.
KBayt. 17,05 KBayt.

3-rasm. JPEG. 24 bitli rang. 1-rasm. GIF. 64 rang. 12,36
10,21 KBayt. KBayt.

  1. Ko‘p sonli mayda detallardan tashkil topgan fototasvirlar va plutonli tasvirlarni JPEG texnologiyasi orqali siqish (3-rasm) GVRlagiga (4-rasm) qaraganda yaxshiroq va natijaviy fayllar kichik o‘lchamda bo‘ladi. Agar bunday tasvirlar GIF da siqilsa, ranglar xira bo‘ladi va natijaviy fayl o‘lchami kattaroq bo‘ladi.

Grafik fayllarni siqishni osonlashtirish uchun maxsus ilovalar mavjud bo‘lib, ular sifatni yo‘qotmagan holda grafik fayllar hajmini kichraytirish imkonini beradi.

Yüklə 44,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin