Grafik formatlar GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati – tarmoqdagi eng keng tarqalgan grafik format, u tarmoqda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formati fayllaridir (1-rasm).
GIF tasvirni siqishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256 yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu siqish jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni siqishdan keyin olingan tasvir boshlang‘ichi kabi bo‘ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar yetkazilishi mumkin.
GIFda boshlang‘ich tasvirni siqishda faylning o‘lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni siqishda qo‘llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilish da juda katta imkoniyatga ega.
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birin chi harflari bilan nomlangan LWZsiqish usulini qo‘llaydi.
GIF89aformati GIF87a formati standartiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yukla nish (interlaced) va animatsiya kabi yangi imkoniyatlar bilan toidirilgan.
Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo‘ysa bo‘ladigan ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatsiyaning qo‘llanilishi tasvirlar ketma-ketligini berilgan vaqt oraligida siklik qaytarishi mumkin.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati (qisqartirilgan holda JPG) ko‘p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi grafik format hisoblanadi (3-rasm).
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‘lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni siqish imkoniyatini beradi. Bunday siqish tasvirning sifati yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‘ladi.
JPEGda boshlang‘ich tasvirni siqishda «siqish darajasi»ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda «siqish darajasi» tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, siqish darajasi qancha yuqori bo‘lsa tasvirning ko‘rinishi boshlang‘ich tasvirga nisbatan shuncha ko‘p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‘p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayl larini siqish uchun mos keladi. Bu format ko‘p hollarda tarmoqda sifatli fototasvir va illustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo‘llamaydi, bu esa uning qo‘llanish sohasini qisqartiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‘zining rivojlanishini davom ettirmoqda, ya’ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past joizlikda boshlang‘ich tasvir variantlarini ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
JPEGda bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm o‘rnatilgan {progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to‘liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG grafik format Vеб-sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan siqish formati bo‘lib Deflate siqish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF у a JPEGiovmailarining afzallik tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
TIFgrafik format Alduskompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib «tegni tasvirlaydigan fayl» ma’nosini anglatadi. Bu grafik format yetarlicha murakkab bo‘lsa ham uning strukturasi ma’lumotlarni yozish va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyatga ega. Tasviming raqamli ma’lumotlarini ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang‘ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‘lib ularning qo‘llanilishi ko‘pgina qo‘shimcha funksiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush hamda PhotoFinish dasturlarida qo‘llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo‘yicha chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windowsoperatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‘lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. Ushbu grafik format interfeyslarda keng qo‘llaniladi.