Frezalash dastgohlarida har xil shakldagi tashqi va ichki yuzalarga
hamda shakldor aylanma yuzalarga ishlov berish, to ‘g‘ri va vintli
ariqchalar ochish, sirti va ichki rezbalar ochish, tishli g‘ildiraklar
yasash va b. ishlami bajarish mumkin.
Bu guruh dastgohlari konsolli frezalash (gorizontal, vertikal,
universal va keng universal), konsolsiz vertikal-frezalash, bo‘ylama-
frezalash dastgohlariga (bir va ikki tirgakli dastgohlar), uzluksiz
ishlaydigan (karuselli va barabanli) frezalash dastgohlariga, (konturli
va hajmli frezalash dastgohlariga), graverlash - frezalash dastgoh
lariga, ixtisoslashtirilgan dastgohlarga (rezba frezalash, shponka
frezalash, shlis frezalash dastgohlari va boshqa dastgohlarga)
bo‘linadi.
Hozirgi zamon frezalash dastgohlariga bir qancha ilg‘or
konstruktiv yangiliklar kiritilgan: asosiy harakat bilan surish harakati
yuritmalari bir-biridan ajratilgan, stolni barcha yo‘nalishlarda tez
surish mexanizmi mavjud, tezliklar va surish bitta dasta bilan
boshqariladi. Dastgohlardagi uzellar va detallar bir xillashtirilgan
(unifikatsiyalangan).
Dostları ilə paylaş: