oMchamlariga ishlov beriladigan tanavorning supportdan b o igan eng
katta diametri: shpindelining eng katta aylanish chastotasi; shpindel
teshigidan o ‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel mar-
kazining o'lchami, keskichning eng katta balandligi kiradi. Sanoati-
mizda, asosan, 160-1250 mm li tanavorga ishlov bera oladigan va
markazlari orqali 12500 mm bo‘lgan tokarlik-vint qirqish dastgohlari
ishlab chiqariladi.
Tokarlik-vint qirqish dastgohlari aniqligini oshirish, boshqari-
lishini takomillashtirish, surish tezliklari diapazonini kengaytirish,
texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash borasida rivojlan-
tirilmoqda.
Tokarlik-vint qirqish dastgohlarida tanavorning aylanishi asosiy
harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa
barcha harakatlar yordamchi harakatlarjumlasiga kiradi.
Tokarlik-vint qirqish dastgohlari deyarli bir turdagi komponovkaga
ega, bunday komponovkaga 1K62 dastgohi misol bo‘la oladi (11.5-
rasm). Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina (2), old (shpindelli) bab-
ka (1), fartuk (4), keskich tutkichli support (3), orqa babka (5) kiradi.
Old babkada tezliklar qutisi, surish qutisi (
8
) joylashtirilishi mumkin.
Stanina dastgohning barcha asosiy uzellarini o‘matish uchun
xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: