Nurota davlat qo’riqxonasi ko`p sonli qushlarning migratsion yo’nalishlaridan biri sanaladi. Kuzda va bahorda qo’riqxona hududida qushlarning turli xillarini uchratish mumkin. Bu yerda qayd etilagan qushlarning 196 turidan 103 turi qo`iqxonani o`z makonlariga aylantirganlar. Qo’riqxonada uchraydigan qushlar orasidan 9 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda qora laylak, qora kalxat, Griffon-yirtqich qushi, Oltin burgut, Ilon burgut kabi qush turlarini uchratish mumkin.
Chotqol biosfera qo’riqxonasi
Chotqol biosfera qo’riqxonasi — Toshkent viloyatining Parkent tumani tog’li hududida, Chatqol tog’ tizmalarining janubi-g’arbida joylashgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 y. 21 iyundagi qarori bilan Chatqol qo’riqxonasi (1947) negizida UgomChatqol davlat pgabiat milliy bog’i tashkil etilishi munosabati bilan uning jan. qismida alohida qo’riqlanadigan hudud tarzida ajratilgan
Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasiga qaraydi. G’arbiy Tyanshanning ulkan va noyob o’simliklari, hayvonot va qushlarini o’rganish, saqlab qolish va ko’paytirish maqsadlarida ish olib boradi. Umumiy mayd. 9900 ga.Qo’riqxona hududi sharqda deyarli Namangan viloyati, jan.g’arbda Ohangaron tumani tog’li hududlariga yaqin boradi. Relyefi har xil balandliklar (1100 —4000 m), qoyali cho’qqilar va tik qiyaliklar bilan tavsiflanadi. 1000 —1500 m balandlikda lyossimon tuproqlar, undan yuqorida tog’-o’rmon va o’tloqi tuproqlarning turli shakllari rivojlangan. Iqlimi kontinental, yanvar oyining o’rtacha harorati —7°, iyul oyiniki 23—25°, yillik yog’in miqdori 700—800 mm.