Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish Nutq madaniyati va uslubiyat. O‘zbek tilining vazifaviy uslublari



Yüklə 13,24 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,24 Kb.
#206859
1   2   3   4   5
6-ma\'ruza (2) (2)

A
B
C
Publitsistik uslubning yozma va og'zaki ko'rinishlari o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lsa-da, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo'ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o'tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ'ibot kabi xususiyatlari mavjud bo'ladi
Badiiy uslub. Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi va estetik ta’sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining hamma qatlamlari ishtirok etadi. Chunki yuqorida zikr etilgan uslublar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson faoliyatining barcha qirralarini o‘zida aks ettiradi, hammaga taalluqli bo‘ladi. Unda turli kasb-kor, fan-texnika, xalqning maishiy hayotiga tegishli rang-barang so‘zlar qo‘llaniladi. Bu uslubda til vositalari obrazlar va manzaralar yaratadi, kishilarga estetik oziq berish uchun xizmat qiladi.
Badiiy uslubda obrazlilik yangi, shirador bo‘ladi. Chunonchi, Uyg‘unning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xosligi, badiiy vositalarning yangiligi, «ohori to‘kilmaganligi» quyidagi parchada shundoq ko‘rinib turadi:
Kumush choyshab yopib dalalar,
Qor qo‘ynida uxlab yotadi,
Ufqlarga qizil xol tashlab,
Z a r s o ch yozib quyosh botadi.
Goh bulutlar ko‘kda yastanib,
Yerga oq yaproqlar qo‘yadi.
Izg‘irinlar o‘ynab-quvnashib,
Yaproqlarni quchib suyadi.
Yulduzlar-la to‘lib kulgandir,
Bu qirlarning oltin tunlari.
O l t i n d e n g i z kabi bug‘doylar,
Quyoshning nuridan emgandir...
O‘zbek tilining vazifaviy uslublari hayotiy vaziyat va holatlarga ko‘ra, nutqimizda, yuqoridagi uslubiyatlarni to‘g‘ri qo‘llashimiz va ifodalay olishimiz bilan anglashiniladi.

Mavzu yuzasidan savollar.

  • 1. Nutq va uslub tushunchasi nima?
  • 2. Nutqning qanday uslub shakllari mavjud?
  • 3. Ilmiy uslub qanday xususiyatlari bilan boshq nutq uslublardan farqlanadi?
  • 4. Badiiy uslub va so’zlashuv uslubi farqlanish jihatlari mavjud
  • 5. Nuqning ilmioy ko’rinishi qanday ko‘rinishga ega.


Yüklə 13,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin