Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma'lum darajada farq qiladi. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqda xilma-xil ko'rinishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday xilma-xil nutq ko'rinishlari nutq uslublari deb yuritiladi.
Quyidagi misollar orqali nutq uslublarini tasavvur qilsa bo‘ladi:
7- modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiytexnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.

«Jonginam, axir sizga ne gunoh qildimki, menga buncha sitamlar qilasiz? Kecha aytgan joyingizga borib, qosh qorayguncha kutdim, kelmadingiz. Kutgandan yomoni bo‘lmas ekan».