«Sistem tilshunoslikda gapning sintaktik struktura unsurlari gap bo‘laklari yoki sintatik pozitsiya nuqtayi nazaridan, propozitiv struktura uslublari esa obyektiv reallik strukturasiga izomorflik nuqtayi nazaridan, kommunikativ (aktual) struktura tema (ma’lum) va romatik (yangi) nuqtayi nazardan o‘rganiladi».
Uslubshunoslikka bag‘ishlangan asarlarda nutqning quyidagi uslublari ko‘rsatiladi:
1. So‘zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publitsistik uslub.
5. Badiiy uslub.
Nutq uslublari ifoda vositalari tizimining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan.
Nutq uslublari tilning vazifasi-funksiyasi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham ular funksional uslublar deb yuritiladi.
So‘zlashuv uslubi. Bu uslub o‘z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik, soddalik, betakalluflik, hayajonlilik xosdir. Xalq orasida keng tarqalgan «qosh qorayguncha», «qovog‘ini uyub», «ko‘zini olaytirib», «uchchiga chiqqan» kabi frazeologizmlarda; jo‘ra, og‘ayni, jonginam, oqshom, erta-mertan kabi so‘zlardan; -uvdi (borundi), -chiydi (o‘qigichiydi), -iydi (boriydi, so‘riydi), -chi (dorichi, mashinachi), -qira (sirqiramoq, oqarinqiramoq) kabi yasovchilardan, gapning dialogik, to‘liqsiz, bir tarkibli, so‘z-gap kabi shakllaridan foydalanish so‘zlashuv uslubida bir qadar ko‘proq uchraydi.
Og‘zaki so‘zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi
Adabiy so'zlashiv uslubi.
Oddiy so'zlashuv uslubi
Adabiy so‘zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlarga mos, tartibga solingan va ishlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Oddiy so‘zlashuv uslubi esa betakalluflik bilan erkin muomala - aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
Rasmiy-idoraviy uslub. Bu uslub rasmiy hujjatlar til xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiladi. E’lonlar, qarorlar, qonunlar, sud va davlat idoralari hujjatlari shu uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hayotda juda keng qo‘llaniladi. Shuning uchun uning lug‘ati rang-barang so‘zlardan tashkil topadi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |