Nutq madaniyati


Davlat siyosatining til me’yoriga ta’siri



Yüklə 22,33 Kb.
səhifə2/5
tarix04.09.2023
ölçüsü22,33 Kb.
#141418
1   2   3   4   5
M5

2. Davlat siyosatining til me’yoriga ta’siri.
Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va rivojlangan bo‘lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan.
Mustaqilligimizdan avval rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o‘zimiz sezmagan holda o‘z so‘zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshlagan edik. O‘nta sigir, o‘nta qo‘y deyish mumkin bo‘lgani holda o‘n bosh qo‘y, o‘n bosh sigir, o‘n bosh qoramol deb ishlata boshladik. Bu ruscha matnlardagi «десять голов овец», «десять голов корова» degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, qoramol, uloq so‘zlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qo‘y (овцематок), ona tovuq, ona biya, yirik shoxli qoramol (крупный рогатый скот), mayda shoxli mol (мелкий рогатый скот) tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo‘ldiki, oddiy o‘zbek chorvadorlarimizning o‘zlari ham muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo‘ldilar.
O‘zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlashish sabablarini shu tarzda anglaydigan bo‘lsak, uning lug‘at tarkibidagi grekcha-yunoncha, mo‘g‘ulcha, ayniqsa, arabcha so‘zlarining paydo bo‘lish omillarini ham to‘g‘ri tushunamiz. Xayriyatki, mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hech bo‘lmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib boryapmiz. Buni yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik sohasida atamalar ishlatishdagi o‘zgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xo‘jalik institutining 70 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan «Qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy qo‘llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bo‘limida yuqorida keltirilgan atamalar o‘rnida qoramol, sigir, buzoq, tana, g‘unajin, buqa, qo‘y, qo‘chqor, sovliq, qo‘zi, echki, uloq so‘zlari qo‘llanganini kuzatamiz2.

Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin