Nutq madaniyati



Yüklə 22,33 Kb.
səhifə4/5
tarix04.09.2023
ölçüsü22,33 Kb.
#141418
1   2   3   4   5
M5

5. Til me’yori va yozuv.
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta ekanligi shubhasiz. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o‘rni, egallagan mavqeyi haqida so‘z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sug‘d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirillitsa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi, o‘zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.
Qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va rivojlangan bo‘lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan.
6. Umumiy va xususiy me’yorlar.
Til me’yorlari ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo‘linadi. Me’yorga nisbatan qo‘llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. «Umumiy norma tushunchasi o‘zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko‘rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo‘lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi».3 Shu ma’noda o‘zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.
«O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste’moldagi so‘zlarning barcha so‘z turkumlarida uchrashi qayd qilib o‘tilgan. Masalan otlarda – daryo, suv, osmon, yer, tosh, tog‘, bog‘, daraxt, uy, devor, ko‘cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda – bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fe’llarda – bor, kel, ket, yur, tur, o‘tir, uxla, yot, ayt, qo‘y, o‘t kabi; ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko‘p kabi; bog‘lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi.4
Keltirilgan so‘zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili doirasida qaraladigan lahja va so‘zlashuv nutqida ham qo‘llanilaveradi. Bu esa ana shu til vositalarini bir tilning umumiy me’yorlari qurshovida qarashga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, bir tomondan, o‘zbek tiliga tegishli bo‘lgan barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo‘lgan birliklar majmuini anglaymiz.
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o‘tilgan o‘zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yor sanaladi. Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo‘lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan beshta – rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy, so‘zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga to‘g‘ri keladi.
Xususiy me’yorlar sifatida qaraladigan ma’lum sohaga va kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida so‘z yuritish ham ahamiyatli. Kasb-hunarga oid birliklardan tashqari tilimizda biror ijtimoiy guruhga yoki toifaga, masalan, talabalar, savdo xodimlari, sportchilar, o‘g‘rilar, bezorilar, shofyorlar, militsionerlar singarilarning o‘ziga xos va boshqalar tushunmaydigan, jargon deb ataladigan yasama tili mavjud. Bu til ana shu guruhlar doirasida amal qiladi va og‘zaki shaklda me’yorlashib, og‘izdan og‘izga ko‘chib yashaydi. Shu jarayonda ularning ayrimlari yo‘qolib ketishi, ayrimlari o‘zgarishi, davrlar o‘tishi bilan bu qatlam yangi birliklar hisobiga boyib borishi mumkin. Ma’lum qismi esa ommalashib ketadi. Dollar ma’nosini beradigan ko‘k, karam so‘zlari bunga misol bo‘la oladi.



Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin