Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə64/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol bo'la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo'yilgan:

  1. ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish;

  2. asarni to'liq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylari ni tashlab ketmasdan bayon etish;

  3. izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;

  4. muallif matnidagi lug'atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so'zlarni ularning sinonimtari bilan almashtirish;

  5. to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalaming bo'lmasligi;

  6. og'zagi nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to'g'ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma’nodorligidan (ifodalili- gidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.

Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Kengayadi
Qayta hikoya qilishga o‘rgatish usullari
Ma’lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir bola qayta hikoya qilishni yaxshi egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:

  1. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi.

Tarbiyachi bu usuldan qayta hikoya qilishga o‘rgatishning
dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak.
Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to'g'rilashi, imo-ishora, ko‘z qarashi bilan dalda bcrishi mumkin, mashg'ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa bolalarga hikoya qilish yengil bo'ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin".


  1. Yüklə 1,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin