Ayrim hollarda qayta hikoya qilishdan keyin qahramonlarning fe'l-atvori yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. Qayta hikoya qilish o'rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o'tkazish yoki ko'rsatma berishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, asar matnining ayrim joylarini yana bir marta takrorlash usulini qo'llash mumkin. Rag'batlantirish.
Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolani jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so'z aytish („Yasha", „Barakalla") bilan rag'batlantiradi. Qayta hikoya qilib bergandan so'ng bolani maqtaydi. Bunda qayta hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta’kidlab o'tadi. O'yin usuli (dramalashtirilgan o‘yin).
Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: bolalar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o'yin uchun hcch qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o'zi muallif nomidan gapiradi, so'ngra bola gapiradi. Dastlab roini ijro etish uchun nutqi bo'sh rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o'yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotining tuzilishi (o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi. Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak. Qayta hikoya qilish mashg'ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish ularga tanish bo'lgan ertaklarni (,,Bo'g‘irsoq“, „Sholg'oirT, „Bo'ri bilan echki“, „Ochko'z it") takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar: