Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar kerakli so‘zlar o‘miga ushbu vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so‘zlami qo‘lladilar



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə157/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar kerakli so‘zlar o‘miga ushbu vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so‘zlami qo‘lladilar.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar gapda so‘zlami noto‘g‘ri joylashtirdilar (inversiya).
Axborot tusiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat bo‘ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol yoki undov ovoz bilan ta’kidlanmaydi,
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o‘zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq qilish natijalari og‘zaki matnni so‘zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap doirasida, yoki 13-45 ta so‘zdan iborat bo‘lishini aniqlash imkonini berdi. Eng ko‘p jumlalar hajmi ertakni aytib berish, suratga qarab hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda sayoz bo‘lib, ularda sifat, fe’lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar faqat sanab berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so‘zlar va ifodalar mavjud emas, o‘z fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali emas.
Bolalar hikoyalarida so‘zlar soni 11-26 tani, gaplar soni esa 2-6 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi. 29 nafar bolada ortiqcha so‘zlardan (keyin, yana, emas va boshq.) foydalanish, shuningdek takrorlashlar kuzatildi; 9 nafar bolada fonetik nuqsonlar (noto‘g‘ri talaffuz, tushunarsizlik, so‘zlarning oxirini yutib yuborish) qayd etildi.
13 nafar bola ertakni o‘zi aytib bera oldi, 15 nafar bola esa pedagog yordamida aytib berishdi, 10 nafar bola esa ertaklarni bilmasliklarini bahona qilib, uni aytib berishdan bosh tortishdi. Bolalar amalda nutqda ifoda vositalaridan foydalanmadilar. Ravon bayon qilish faqat 11 nafar bolada kuzatildi, 27 nafar bolada esa bunday holat umuman kuzatilmadi.
Hikoya qilish chog‘ida bolalar tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar 13-45 tani, gaplar esa 4-10 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin