Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar. Metodik ko’rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat qiling. «Qorcha uchqunlamokda» Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar. Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida bir tekis puflashlarini nazorat qiling. ish turi:
Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» tovushini to’g’ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida og’izdan nafas chiqarishni mashq qilish. «Nasos» Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin ular g’ildiragining dami chiqib ketibdi. Ular nasoslarni olib, g’ildiraklarni damlashga kirishdilar. Nasosdan chiqayotgan havo xushtak chalmokda: sssss..sss..Barchamiz birgalikda g’ildiraklarni damlaymiz. Bolalar ana shu harakatlarga taqlid qiladilar, tarbiyachi bilan birgalikda «s» tovushini cho’zib aytadilar. Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to’g’ri va cho’zib aytishlarini nazorat qiling. ish turi:
Maqsad: so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik tinglashni rivojlantirish, so’zlarning adabiy me’yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga erishish. «Sen bilasanmi?» Mazmuni: Tarbiyachi: «Bolalar, men sizlarga bir nechta savollar beraman, ularga javob berishingizda har biringizning stolingizda yotgan suratlardan foydalanishingiz mumkin. To’g’ri javobni topgan bola yoki qiz bu yoqqa chiqadi va suratda tasvirlangan narsa nomini aytib beradi». Keyin savollar boshlanadi: «Nimani minib yurish mumkin?» (Bolalarda samokat, samolyot, avtobus, trolleybus va boshqa narsalarning suratlari mavjud.); «Do’konda nimalar bor?» (sariyog’, mineral suv, non); «Xayvonot bog’ida kimlar yashaydi» (sirtlon, yo’lbars, fil, sarlochin va boshq.). Bolalar narsalar nomini to’g’ri aytganlaridan so’ng, tarbiyachi ushbu so’zlarda qaysi tovush takrorlanayotganligini so’raydi. Metodik ko’rsatmalar: So’zlarning aniq talaffuz qilinishini, so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini nazorat qiling. Agarda bolalar tovushni aniqlashda qiynalsalar, bu holda tarbiyachining o’zi bir nechta so’zlarni aytadi va ularda «s» tovushini ajratib talaffuz qiladi. ish turi:
Maqsad: Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, yaxshi diksiyani mashq qilish, «s» tovushini iboralarda bir nafasda aytilishini mustahkamlash, intonatsion ifodalilik bilan oxisa sur’atda so’zlash qobiliyatini tarbiyalash. «Pochtalon» Mazmuni: Pochtalon bolalarga syujetli suratlarni tarqatadi. Har bir bola suratni olgach, uni boshqa bolalarga ko’rsatadi va unda nimalar chizilganligini aytadi. Masalan, mana bunday suratlar turkumi foydalaniladi: bog’da skameyka turibdi, samolyot o’rmon ustidan juda balandda uchib o’tmokda, it sho’rva ichmoqda va x.k.