Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə96/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirishda nimalarga e’tibor berish lozim.

  2. Nutq o’stirishda oila vakillarining o’rni

  3. Nutqni rivojlantirish ishlari vazifalari.

  4. Nutqni rivojlantirish uchun taklif etayotgan usullaringiz, uni nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslay olasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

  1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999

  2. R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.

  3. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993

  4. R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.

  5. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.

  6. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.

  7. Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma

  1. mavzu: Bolalarni turli faoliyat yo'nalishlarida savodga o'rgatishga

tayyorlash
Reja:

  1. Bolalarni turli faoliyat yo'nalishlarida savodga o'rgatishga tayyorlashning ahamiyati

  2. O„rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish

Tayanch tushuncha va iboralar: nutq tovush madanayati, nutqning grammatik tomoni, monologik va diologik matn turlari.
Nutq o‘stirish uslubiyoti vazifasi o‘z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan, bolalar bog‘chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga o ‘rgatish (monologik nutqni shakllantirish).

  6. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni boshlang‘ich savodga tayyorlash.

Ushbu vazifalar ba r bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha taqsimlangan:
Birinchi va ikkinchi kichik guruhga

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o‘rgatish bo’yicha boshlang‘ich ma iumo t bcrish bclgilangan.
Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga javob bera olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok ctishi bilan birga,
avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.
O‘rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug‘atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga ( monolog nutq) o ‘rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga o ‘rgatish (monolog nutqni shakllantirish).

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni savod o ‘rgatishga tayyorlash.

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish,lug'atini boyitish. Lug‘at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h.k.lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, harakterlarini so‘zlar bilan aytamiz. Masalan, buyumlarning nomini anglatadigan: ko‘zgu, taroq,sovun, tish va kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot,xontaxta; sabzavotlarning nomini anglatadigan: sabzi, karam , sholg‘om, bodlring, baqlajon; o‘simliklar: daraxt, gui, o‘t va boshqalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo'ri va hokazolar; uy hayvonlari: xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak; ularning bolalarining nomini bildiruvchi: jo 'ja , toychoq, buzoq, qo'zichoq, uloqcha, xo'tik; harakatlarni ifodalovchi: yuvinmoq, artmoq, pishirmoq, tayyorlamoq, k ir yuvnioq, dazmollamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, qizil,sariq, ko‘k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq vahokazo so'zlar bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ja ra y o nida bolalar lug'atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi. Bolalar bog’chasida lug’at bilan ishlash dasturi mavjud bo’lib, tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan so’zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so’zlarning ma ’nosini tushunishga o ‘rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o’z nutqlarida faol ishlatishga ham odatlantirib boradi. Shuningdek, tarbiyachi bola lugkatining qo’pol so‘zlardan xoli bo‘lishiga. shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiv tildagi so‘zlar bilan almashtirishga e’tibor berishi kcrak.

  1. Nutqning grammatik tomonini shaklantirish. Lug‘at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda so’zlarning o'zgarishi va ularning o‘zaro bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so‘z yasovchi, so‘z o'zgartiruvchi) belgilaydi. Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. Eshitganining ma’nosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o‘zlashtirsa, u aqliy jihatdan shunchalik tez rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqning grammatik tomoni noto‘g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi.

Shuning uchun tarbiyachi grammatikaning (morfologiya va sintaksis) turli shakllarini o ‘zlashtirishga yordam beruvchi didaktik o kyin va mashqlarni tashkil etadi. Masalan, kelishik qo‘shimchasini o ‘zlashtirish uchun „Top-chi, men qayerda bo‘ldim?” (kata guruhda); ikkinchi darajali gap bolaklarini o ‘zlashtirish uchun „Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!", otning kelishiklar bilan turlanishini o‘zlashtirishda „Top-chi, nima yetishmaydi?— , fe'l zamonlarini o‘zlashtirish uchun „Siz nima qilishni xohlaysiz?— va hokazolar.

  1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, ya’ni tovushlami to’g’ri talaffuz etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o ‘zbek tilining fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so’zlarda urg'uni to‘gkri ishlatishga o‘rganib oladi, ona tilining intonatsion tomonini o ‘zlashtiradi hamda so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bolayotganda samimiy ohangda, burro va aniq gapirishga o ‘rgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida, ya’ni maktabda, o'quv yurtlarida ta’lim olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat o nasida o‘z fikrlarini to‘liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,boyitish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar tizimi

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish metodlari

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash usullari

  4. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish metodlari

  5. Hikoya qilishga o ‘rgatish usullari

  6. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni boshlang‘ich savodga tayyorlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


  1. Yüklə 1,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin