3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan davr
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ko’p xollarda ona tilidagi barcha tovushlarni o’zlashtirib oladilar va to’g’ri talaffuz qiladilar, so’zlar va iboralarni aniq va to’g’ri talaffuz qilishni, nutq balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda o’zgartirishni, ifoda qilishning intonatsion vositalaridan foydalanishni biladilar, yetarli darajada rivojlangan tinglash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Biroq bu yoshda hali ham ayrim tovushlar va murakkab so’zlarni, ayniqsa bir necha undoshlar ishtirokidagi so’zlarni unchalik aniq talaffuz qila olmaydigan bolalar ham uchraydilar. Ular har doim ham oxista nutq sur’atlaridan foydalana olmaydilar, ancha baland yoki past ovozda so’zlaydilar va x.k. Ayrim bolalar esa tovushlarni to’g’ri talaffuz etgani holda ularni tinglash jarayonida ajratib olishni qiynaladilar, bu esa kelgusida savod chiqarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalar odatda maktabgacha ta’lim muassasalariga turli yoshlarda kelishi va nutq tovush madaniyatining barcha bo’limlarini har xil o’zlashtirishlari tufayli uni shakllantirishga doir ishlar katta guruhlarda davom ettirilishi lozim. 5-7 yoshli bolalar nutqida tovush madaniyatini shakllantirishning asosiy vazifasi nutqni tinglash qobiliyatini yanada takomillashtirish, aniq, to’g’ri va intonatsion ifodali nutq ko’nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.
Ushbu bosqichda nutq tovush madaniyatini shakllantirishni bolalar tomonidan ko’pincha aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog’liq holda amalga