Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
3 yoshdan 5 yoshgacha.
«S» tovushi
Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlari va ularning to’g’ri holatini mashq qilish.
«Farruxning qanday jaxli chiqishi va uning qanday quvonishini ko’rsat»
Mazmun: Tarbiyachi bolalarga Farruxning jaxli chiqqanida uning lablarini mana bunday qilib cho’chchaytirishini (lablarini shishiradi), Farrux xursand bo’lganida esa uning jilmayishini (lablarini cho’zadi, yuqori va pastki tishlarini ko’rsatadi) aytadi.
Tarbiyachi: «Endi esa men sizga Farrux haqida hikoya qilib bermoqchiman. Uning jaxli chiqqanida siz lablaringizni cho’chchaytirasiz (lablarini shishirib ko’rsatadi), u xursand bo’lganida esa siz jilmayasiz... Farruxning oyisi unga mashina olib berdi. Farrux xursand, u jilmaymokda... U mashinasini ko’tarib, ko’chaga o’ynagani chiqdi, tashqarida esa yomg’ir yog’moqda, u nima qilishini bilmay qoldi. Alisher Farruxdan mashinasini o’ynash uchun berib turishni iltimos qildi. Farrux mashinani bergisi kelmadi, u lablarini cho’chchaytirdi. Ko’p o’tmay bulutlar tarqab, quyosh chikdi. Farrux jilmaydi va Alisherga dedi; «Ketdik, mashinamni birga o’ynaymiz».
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning jilmayish uchun lablarini qiynalmasdan cho’zishlarini va old tishlarini ko’rsatishlarini nazorat qiling. Lablar oldinga cho’zilganida ular bir-biriga tegib turishi lozim.
«Sayrda»
Mazmuni: Pedagog bolalarga qarab, deydi: «Bizning tilimiz sayr qilishga qaror qilibdi. U o’z uyini ochdi (og’zini ochadi), dastlab chapga, so’ngra o’ngga qaradi, keyin yana chapga, o’ngga qaradi, qarasa hech kim yo’q. SHuning uchun panjaraga yotib, quyoshga toblanmoqchi bo’ldi (tilini pastki tishlari ustiga qo’yadi)».