Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar.
Metodik ko’rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat qiling.
«Qorcha uchqunlamokda»
Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar.
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida bir tekis puflashlarini nazorat qiling. ish turi:
Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» tovushini to’g’ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida og’izdan nafas chiqarishni mashq qilish.
«Nasos»
Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin ular g’ildiragining dami chiqib ketibdi. Ular nasoslarni olib, g’ildiraklarni damlashga kirishdilar. Nasosdan chiqayotgan havo xushtak chalmokda: sssss..sss..Barchamiz birgalikda g’ildiraklarni damlaymiz. Bolalar ana shu harakatlarga taqlid qiladilar, tarbiyachi bilan birgalikda «s» tovushini cho’zib aytadilar.
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to’g’ri va cho’zib aytishlarini nazorat qiling. ish turi:
Maqsad: so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik tinglashni rivojlantirish, so’zlarning adabiy me’yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga erishish.