«Bolajon»tayanchdasturidabolalarnutqinirivojlantirish-ning ilmiy asosi.
Tayanchtushunchalar:sensomotorika,tajriba-validatsiya,bilishinstinkti, me’yorlangan nutq, nutq me’yorlari, bolaning nutqi, til qo-nuniyatlari, kattalar nutqi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qo-nuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok eti- shi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat:Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomil- lashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchiqonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fo- netika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).