Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o‘tkazishi.
Suhbatgaasosiyo‘rgatishusuliorqalisavollarberish.
Tayanch tushunchalar:axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiytasavvur, didaktik maqsad, old ko‘makchi, chet ma’no, sintaktik qa-tor,kirish suhbati.
Suhbat turlari. Suhbat – ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bo- lalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va ma- lakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiya- chi bolalarda his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea- hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.
Mazmunigako‘raikkiturdagisuhbatfarqlanadi:axloqiymav-zudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat- larni esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tar- biyalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsa- dini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlarni o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida»,
«Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ko‘rgazmali materiallarni ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.