Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə34/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib bo- riladi. O‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiya- chining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning nati- jasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa,

qattiq xafa bo‘ladilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi juda sabrli va haqqoniy bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolaning yaxshi javobidan qo- niqqani va xursandligini bolalarga namoyon etishi kerak. Shundagina bolada ishtiyoq istagi uyg‘onadi.


Xulosa:

Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etish- dan avval har bir bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boq- ishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam saxiy!»
«Odina-g‘amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnat- sevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi. Bo- lalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishdagi asosiy vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

  2. 4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni qanday xususiyat- lari bilan farqlanadi?

  3. Bolalarning badiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi qachondan rivojlana boshlaydi?

  4. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masa- lalari nimalardan iborat?

  5. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati haqida so‘zlab bering.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin