Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqi- dagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog‘lanishli nutqni ham rivojlan- tirishga hizmat qiladi.
Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, so‘ng bolalarning ota- onalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug‘atida mustaqillik bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog‘, Alisher Navoiy haykali, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti – I.A.Karimov, O‘zbekiston gerbi, O‘zbekiston bayrog‘i, O‘zbekiston madhiyasi, Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar bilan boyiganligining guvohi bo‘ldik. Bolalarning so‘z zaxirasi bevo- sita ko‘rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik.
Masalan, Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalar- ning lug‘at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo‘yicha so‘zlar, birikmalar qo‘shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur haykali, Amir Temur – buyuk sarkarda, Toshkent mehmonxonasi,
«O‘zbekiston» mehmonxonasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, San’at saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvo- not bog‘i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6–7 yoshli bolalarning kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ularning xotirasi kuchli bo‘lgani bois so‘z va birikmalarni yaxshi o‘zlashtirib oladilar.
Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.
Qishloq bolalari ko‘proq o‘ynaydigan o‘yinlar ularning sanoqlar- ni o‘rganishga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qo‘shiq- o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir ikki, o‘n olti,
O‘n olti deb kim aytdi? O‘n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab ko‘r… (O‘yindagi bolalar sanaladi). Yoki,
Hakkalakam, dukkalakam, Chori amal, beri amal, Qayda edi, tog‘da edi Tog‘man, zuvman… (Chillak zuvillanadi).
Ayni paytda qo‘shiq-o‘yinlar, topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi.
«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami – ko‘k terak», «Tep- dim sandiq ochildi» ertak – o‘yinlari ham shunday ahamiyatga ega o‘yinlardan sanaladi.
Chitti gul-o, chitti gul, Hay-yu, chitti gul.
Chittigulga gul bosay, Hay-yu, chitti gul.
Dukur-dukur ot keldi, Chiqib qarang kim keldi? Aravada un keldi, Childirmada pul keldi.
Hay-yu, chitti gul, Hay-yu, chitti gul.
Yoz fasli bilan bog‘liq «Laylak keldi, yoz bo‘ldi» qo‘shig‘i ham bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi:
Laylak keldi, yoz bo‘ldi,
Qanoti qog‘oz bo‘ldi. Laylak boradi toqqa, Quloqlari halqa.
Halqasi tushib qoldi, O‘tirdi yig‘lamoqqa.
«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirma- da pul», «Oftob chiqdi olamga», «Cho‘pchak ter», «Kulcha yopdi bir o‘choq», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qanoti qog‘oz bo‘ldi» mazmuni gullar qushlar, narsalarning nomi, ularning asl va ko‘chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yod- lash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi so‘zlarning ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini faol- lashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga qiziqishni oshiradi.
Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir in- sonning qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllanti- rishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini shakllantirish esa bog‘lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim ta- lablardan sanaladi.